Özbekiston va Polşa örtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyo va Yevropa örtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi
Oliy Majlis Senatiga Polşa Prezidentining Markaziy Osiyo böyiça maslahatçisi Radoslav Gruk boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uçraşuvda ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Polşa – Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkorlaridan biri ekani, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyo va Yevropa örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.

Parlamentlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi darajaga kötariş borasida muntazam muloqotni yölga qöyiş, döstlik guruhlari va qömitalar faoliyatini jadallaştiriş, hududiy vakillik organlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş muhimligi qayd etildi. Şu maqsadda 2027–2028-yillarga möljallangan hamkorlik «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş, 2027-yilda diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligi munosabati bilan qöşma parlament forumini ötkaziş taklif etildi.
Transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, Özbekiston mahsulotlarining Yevropa bozorlariga çiqişini qöllab-quvvatlaş va turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi aloqalarni mustahkamlaş, oliy taʼlim muassasalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, talabalar hamda professor-öqituvçilar almaşinuvini rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Kelgusi yilda ikki mamlakat madaniyat kunlarini taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi.
N.Abduraimova, ÖzA