Özbekiston Birinçi xonimi Iordaniyadagi «Uyqudagi yetti yoş ğori» tarixiy majmuasiga taşrif buyurdi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida mamlakatimiz Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya malikasi Maryam Ğoziy hamrohligida Ammon şahri yaqinida joylaşgan «Uyqudagi yetti yoş ğori» (Ashobul Kahf) tarixiy-diniy majmuasiga taşrif buyurdi.
Mazkur majmua diniy taʼqiblardan qoçib, ğorga yaşiringan va, rivoyatlarga köra, bir neça asr davomida uyquda bölgan yigitlar haqidagi qadimiy rivoyat bilan boğliq.

«Uyqudagi yetti yoş ğori» Iordaniyada eng eʼzozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom maʼnaviy merosida alohida örin tutadi. Uşbu maskan dunyoning turli mamlakatlaridan ziyoratçilar va sayyohlarni jalb qilib keladi.
ÖzA