Ammondagi hunarmand ayollarning qöl mehnati namunalari Özbekiston Birinçi xonimi eʼtiborida
Mamlakatimiz Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Özbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyada bölib ötgan davlat taşrifi doirasida Iordaniya Qiroliçasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammon şahridagi Jordan River Designs hunarmandçilik şourumida ham böldi.
Jordan River Foundation jamğarmasi huzurida faoliyat yurituvçi uşbu şourumda ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar tayyorlagan qöl mehnati mahsulotlari namoyiş etilgan. Loyiha özida milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş bilan birga ayollarning barqaror bandligini taʼminlaş hamda ularning oilalari farovonligini oşirişni mujassam etadi.

Jordan River Designs dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayol iş bilan taʼminlanadi. Ular Iordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvçi anʼanaviy va zamonaviy mahsulotlar, şu jumladan, kaştaçilik bilan bezatilgan interer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovğalarini tayyorlaydi.

Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday yondaşuv kambağallikni qisqartiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş hamda mahorat sirlarini yoş avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
ÖzA