Özbekiston va Iordaniya işbilarmon doiralari örtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Iordaniya biznes forumining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Tadbirda ikki mamlakat hukumatlari aʼzolari, yetakçi kompaniyalari rahbarlari va işbilarmon doiralari vakillari qatnaşdi.
Forumda Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda mamlakat Sanoat palatasi raisi Fathi al-Jağbir ham sözga çiqdilar.


Davlatimiz rahbari öz nutqida ötgan yili Iordaniya Podşohining Samarqandga amalga oşirgan tarixiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçganini alohida taʼkidladi.
Oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar natijasida iqtisodiy hamkorlik kölami izçil kengayib bormoqda. Sönggi beş yilda özaro savdo hajmi qariyb 9 barobar, birgina 2025-yilda 80 foizga oşdi. Mamlakatimizda iordaniyalik investorlar iştirokidagi 20 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Toşkent va Ammon örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilib, özaro vizasiz tartib joriy etildi. Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşining ilk yiğilişlari muvaffaqiyatli ötkazildi.


Davlat taşrifi doirasida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Hujjat 300 turdagi tovarga nisbatan pasaytirilgan bojxona bojlari stavkalarini qöllaşni nazarda tutadi.
Prezidentimiz uşbu bitim özaro mahsulot yetkazib beriş hajmini sezilarli darajada oşiriş, tovar ayirboşlaş körsatkiçini 500 million dollarga yetkaziş uçun mustahkam zamin yaratişiga işonç bildirdi.
Mamlakatimiz yetakçisi biznes-forum doirasida salmoqli şartnoma va kelişuvlar imzolanganini olqişlab, iqtisodiy şeriklikni kengaytirişning beşta ustuvor yönalişiga töxtaldi.


Birinçisi – töqimaçilik sanoati. Özbekiston xomaşyosi va yarim tayyor mahsulotlari asosida Aqaba maxsus iqtisodiy zonasida qöşma işlab çiqarişni yölga qöyiş, tayyor mahsulotlarni uçinçi mamlakatlar bozorlariga birgalikda eksport qiliş taklif etildi.
Ikkinçisi – toğ-kon sanoati. Iordaniyalik investorlar muhim minerallar sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun Toşkent va Samarqandda taşkil etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklarida hamkorlik qilişga taklif etildi.
Uçinçisi – farmatsevtika sanoati. Yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqarişni birgalikda mahalliylaştiriş va ilğor texnologiyalar transferini yölga qöyiş muhimligi qayd etildi. Bu borada iordaniyalik şeriklar uçun “Tashkent Pharma Park” klasterida zarur şaroit va imtiyozlar yaratilişi taʼkidlandi.


Törtinçisi – kimyo sanoati. Ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini birlaştirgan holda raqobatbardoş mineral öğitlar işlab çiqariş istiqbollari körsatib ötildi. Ozuqa qöşimçalari, maişiy kimyo mahsulotlari va ösimliklarni himoya qiliş vositalarini işlab çiqariş böyiça erişilgan kelişuvlar olqişlandi.
Beşinçisi – qişloq xöjaligi. Qöşma agrosanoat klasterlarini taşkil etiş, uruğçilik, boğdorçilik va çorvaçilikni rivojlantiriş orqali ikki mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga salmoqli hissa qöşiş mumkinligi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş uçun ham katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Özaro vizasiz tartib va bevosita aviaqatnovlar sayyohlar oqimini köpaytiriş uçun qulay şaroit yaratayotgani taʼkidlandi.

Prezidentimiz iordaniyalik döstlarni islom olamining buyuk tarixiy va maʼnaviy markazlari bölmiş qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarini ziyorat qilişga taklif etdi.
Forum doirasida işbilarmon doiralar vakillari örtasidagi uçraşuvlarda çarm sanoati, teletibbiyot, oziq-ovqat mahsulotlari, quriliş materiallari, elektrotexnika va logistika sohalarida ham qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Iordaniyalik işbilarmonlar yurtimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari bilan yaqindan taniştirildi.
Kelgusi yilning mart oyida Toşkent şahrida navbatdagi Özbekiston – Iordaniya biznes forumi ötkazilişi maʼlum qilindi. Davlatimiz rahbari iordaniyalik şeriklarni uşbu tadbirda yangi taklif va taşabbuslar bilan faol iştirok etişga, mamlakatimiz tadbirkorlarini esa Iordaniya bozoridagi imkoniyatlardan keng foydalanişga çaqirdi.
Erişilgan kelişuvlar va qöşma loyihalar ijrosi Hukumatlararo komissiya doirasida muntazam monitoring qilib borilişi belgilandi.