Özbekiston va Ömon toğ-kon sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda
Mamlakatimizda toğ-kon sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, mineral xomaşyo bazasini özlaştiriş va istiqbolli konlarni qidiriş borasida xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda.
Bu jarayonda Ömon Sultonligi kompaniyalari bilan şeriklikni rivojlantiriş, qöşma investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Ömon Sultonligiga davlat taşrifi doirasida "MBHolding" va "Al Kalbani Group" kompaniyalari vakillari bilan toğ-kon, geologiya sohasidagi istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritiş va ularni hamkorlikda amalga oşiriş masalalari yuzasidan muzokaralar ötkazildi.

Şuningdek, muhokamalar davomida Ömonning "MineralDevelopment Oman" (MDO) kompaniyasi bilan Özbekistondagi misga istiqbolli maydonlarni birgalikda özlaştiriş böyiça kelişuvga erişildi. "Al TasnimGroup" bilan esa sanoat uçun muhim minerallar sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi.
Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmatiga köra, uşbu kelişuvlar Özbekistonning toğ-kon sanoatida yangi investitsiyaviy loyihalarni şakllantiriş, xorijiy sarmoya va ilğor tajribani jalb etiş, şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA