O‘zbekiston oliy ta’limi: Yevropa akkreditatsiyasi sari Portugaliya tajribasi(+video)
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiya jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, Yevropa sifat kafolati yondashuvlarini o‘rganish va xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida o‘tkazilgan “O‘zbekiston oliygohlarining Yevropa akkreditatsiyasi sari yo‘li: Portugaliyaning A3ES tajribasi asosida” mavzusidagi seminar Portugaliyaning oliy ta’lim sifatini baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli agentligi — A3ES (Agency for Assessment and Accreditation of Higher Education) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi – O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari vakillarini Yevropa oliy ta’lim hududida qo‘llaniladigan sifatni ta’minlash va akkreditatsiya yondashuvlari bilan tanishtirish, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishning asosiy bosqichlari va talablari bo‘yicha tajriba almashish hamda xorijiy ekspertlar bilan bevosita muloqot uchun platforma yaratishdan iborat.
Shu jihatdan, A3ES tajribasi O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari uchun Yevropa sifat kafolati talablari, xalqaro akkreditatsiya mexanizmlari va sifatni doimiy takomillashtirish yondashuvlarini amaliy jihatdan o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur seminar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro sifat kafolati makoniga integratsiyalashuvini kuchaytirish, xorijiy akkreditatsiya tajribasini o‘rganish va oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligini oshirish yo‘lidagi muhim amaliy platformalardan biridir.
Muhayyo Turdaliyeva, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov, O‘zA