“Özbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi” loyihasi muhokama
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Jizzax viloyat bölimida “Özbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi” loyihasi taqdim etildi. Jamoatçilik muhokamasida hududiy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda soha mutaxassislari qatnaşdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Media taʼlim loyihalari bölimi boşliği Nozima Toşpölatova taqdimot davomida loyihaning asosiy yönalişlarini tuşuntirib berdi. U hujjatda belgilangan tamoyillar va kasbiy masʼuliyat meʼyorlariga alohida töxtaldi.
Kodeks axborotning haqqoniyligi va işonçliligini taʼminlaşga qaratilgan. Şuningdek, inson huquqlari, qadr-qimmati va şaxsiy hayoti daxlsizligini himoyalaş nazarda tutilgan. Tahririyatlar mustaqilligi va oçiqligini mustahkamlaş ham muhim vazifalardan hisoblanadi.
Loyihada Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi huzurida mustaqil Etika komissiyasini taşkil etiş belgilangan. Murojaatlar va şikoyatlarni körib çiqiş tartibiga oid normalar ham nazarda tutilgan.
Muhokama davomida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
[gallery-32514]
– Bugun juda qizğin muhokama böldi, jurnalistlar köplab savollar berişdi, – dedi Nozima Toşpölatova. – Etika masalalari bugun yanada dolzarb bölib bormoqda. Bunday savollarning tuğilişi biz uçun ijobiy holat. Demak, kerakli hujjat ustida işlayapmiz. – Bu kodeks nazorat uçun emas, balki masʼuliyatni his qildirişga yönaltirilgan. U tavsiyaviy xarakterga ega bölib, jurnalistlar faoliyatini yengillaştirişga xizmat qiladi. Loyiha 15-dekabrgaça muhokamada böladi. Har bir hududdan bildirilgan fikr va takliflar alohida hisobot tarzida jamlanadi. Hujjat uşbu takliflar asosida yanada takomillaştiriladi.
Darhaqiqat, kasbiy etika jurnalist faoliyatini çeklaş vositasi bölmasligi kerak. U haqqoniylik, xolislik va inson qadr-qimmatiga hurmatni mustahkamlaşi lozim. Şuningdek, jurnalistning jamiyat oldidagi masʼuliyatini yanada teran anglaşiga xizmat qilişi zarur.
Jizzaxdagi muhokama ham loyihani takomillaştirişda hududiy jurnalistlar fikri muhimligini körsatdi. Bildirilgan takliflar hujjatning keyingi tahririda inobatga olinadi.
Zero, kasbiy etika şunçaki qoidalar majmuasi emas. U jurnalistning vijdoni, kasbiy şaʼni va jamiyat oldidagi masʼuliyati ifodasidir. Jurnalistikaga işonç ham aynan şu qadriyatlarga tayanadi.
A. Qayumov, J. Yorbekov (surat),
ÖzA