Bayroğimiz – milliy iftixorimiz
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati Uyçi tumanidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etilmoqda.
Xususan, tumandagi 21-umumtaʼlim maktabida öquvçilar iştirokida ötkazilgan maşğulotlarda davlat bayroğining yaratiliş tarixi, uning mustaqilligimiz, xalqimiz birdamligi va milliy ğururimiz ramzi sifatidagi ahamiyati haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida bayroğimizdagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, davlat ramzlarini hurmat qiliş va eʼzozlaşning ahamiyati xususida söz yuritildi.
[gallery-32516]
Öquvçilar Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgan maşğulotlarda faol iştirok etdi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA