Milliy arxiv tizimida yangi bosqiç: 2030-yilgaça barça xizmatlar 100 foiz elektron şaklga ötkaziladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida "Özarxiv" agentligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi farmoni ijrosi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.
Anjumanda “Özarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan arxiv sohasini raqamlaştiriş, fuqarolarga xizmat körsatiş, normativ baza yaratiş, xalqaro hamkorlik va davlat nazorati yönalişlarida erişilgan asosiy natijalar haqida maʼlumot berildi.
[gallery-32509]
Mamlakatimizda arxiv işini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, tarixiy hujjatlarni asrab-avaylaş, ulardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda aholi va tadbirkorlik subʼektlariga körsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oşiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2025-yil 24-noyabrdagi «Arxiv işi sohasini raqamlaştiriş va sohada boşqaruv samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni mazkur yönalişdagi islohotlarning yangi bosqiçini boşlab berdi.
Farmon bilan 2030-yilga qadar Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlaştiriş darajasini 60 foizga, elektron xizmatlar uluşini 100 foizga yetkaziş, xizmat körsatiş muddatlarini kamida uç baravarga qisqartiriş, arxiv hujjatlarini qayta işlaş jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş hamda sohada yagona raqamli boşqaruv tizimini şakllantiriş belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Adliya vazirligi huzuridagi «Özarxiv» agentligi tomonidan arxivlarni raqamlaştiriş, yangi axborot tizimlarini işga tuşiriş, davlat xizmatlarini soddalaştiriş va boşqaruv samaradorligini oşiriş böyiça qator amaliy natijalarga erişildi.
Qayd etilganidek, farmon ijrosining muhim natijalaridan biri Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlaştiriş darajasi 18 foizga yetkazilgani böldi. Xususan, 1,6 million saqlov birligidagi alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlarining 260 million kadrli elektron nusxasi yaratilib, Yagona milliy arxiv axborot tizimiga kiritildi. Arxiv hujjatlarini raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş maqsadida 200 ta qöşimça zamonaviy qurilma xarid qilinib, tegişli mutaxassislar jalb etildi.
Amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimi joriy etildi. Uşbu tizim arxiv hujjatlarini elektron şaklda saqlaş, ularning hisobini yuritiş, arxiv işiga oid hujjatlarni şakllantiriş va ulardan foydalaniş jarayonlarini yagona raqamli muhitda taşkil etiş imkonini bermoqda. Bugungi kunda mazkur axborot tizimiga 1 200 dan ziyod davlat organlari va taşkilotlari ulangan.
Şuningdek, Özbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlarning harakatini avtomatlaştiriş, ularning aniq hisobini yuritiş va xavfsizligini taʼminlaş maqsadida RFID radioçastotali identifikatsiya texnologiyasi joriy etildi. Bu texnologiya arxiv hujjatlarining harakatini nazorat qiliş, ularni identifikatsiyalaş va saqlaniş xavfsizligini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli arxiv infratuzilmasining axborot xavfsizligini taʼminlaş maqsadida kibertahdidlarni monitoring qiliş, aniqlaş va ularning oldini olişga möljallangan SOC - Axborot xavfsizligi operatsiyalari markazi tizimi ham joriy qilindi.
Farmon ijrosi doirasida aholi va tadbirkorlik subʼektlariga körsatiladigan arxiv xizmatlarini soddalaştiriş böyiça ham muhim çoralar körildi. Jumladan, arxiv xizmatlarini körsatişda ilgari talab etilgan 4 turdagi hujjatni taqdim etiş talabi bekor qilindi, 4 ta arxiv xizmati böyiça xizmat körsatiş muddatlari qisqartirildi.
Xususan, arxiv hujjatlarini respublikadan taşqariga vaqtinça olib çiqiş uçun ruxsatnoma beriş muddati 15 iş kunidan 5 iş kuniga, mehnat daftarçasidagi yozuvlarni tasdiqlaş 20 iş kunidan 10 iş kuniga, taʼlim muassasasida öqiganlikni tasdiqlovçi arxiv maʼlumotnomasini beriş 5 iş kunidan 2 iş kuniga, arxiv hujjatlari, kitoblar va qölyozmalarni raqamlaştiriş muddati esa 3 iş kunidan 1 iş kuniga qisqartirildi.
Şu bilan birga, davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy şaxslarning şaxsiy hujjatlari aslini beriş böyiça yangi davlat xizmati joriy etildi. Arxiv işi va iş yuritişga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti ham tasdiqlandi.
Gulnoza Boboyeva,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA