Tibbiyotda mitti bemorlar jasoratiga qanot bölayotgan yangi loyihalar köpaymoqda
Bola kulgisi – eng bebaho neʼmat, kelajakka bölgan umidning yorqin ifodasi. Ammo şunday xastaliklar borki, ular kulgisiga soya soladi, mitti qalbini azoblaydi.
Bolalar onkologiyasi – oğir xastalik. Qalblarni larzaga keltiruvçi bunday taşxislar tibbiyot qançalik rivojlanmasin, yangidan-yangi davolaş usullari öylab topilmasin, hamon yer yuzidagi qança-qança bolalarni ota-ona bağridan juda erta ayiradi.
Statistik maʼlumotlarga köra, har yili dunyo böylab yuz minglab bolalarda saratonning turli xillari, xususan, ötkir leykoz, boş miya ösmalari va limfomalar qayd etiladi. Bu – ana şunça mitti jonlarning dardi, oilalarning köz yoşlari va umid bilan boqqan nigohlari degani. Biroq taskin beradigan jihatlar ham borki, ilğor klinik amaliyotlar joriy etilgan mamlakatlarda ölim körsatkiçlari yildan-yilga keskin kamaymoqda.
Tibbiyot tarixiga nazar taşlasak, yaqin ötmişda ösma kasalliklariga çalingan bolalar uçun şifo topiş amrimahol hisoblanar edi. Ammo zamonaviy fan va texnologiyalarning şiddat bilan rivojlanişi bu aççiq haqiqatni butunlay özgartirib yubordi. Hozirgi kunda erta bosqiçda aniqlangan bolalar saratonining aksariyat turlarini muvaffaqiyatli davolaş mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va yetakçi ilmiy markazlarning tadqiqotlari şuni körsatadiki, sönggi ön yilliklardagi yutuqlar tufayli rivojlangan davlatlarda bolalar orasidagi ösma kasalliklaridan soğayib ketiş körsatkiçlari oşdi. Bu ulkan yutuq gen muhandisligi, maqsadli terapiya va zamonaviy nurlaniş apparatlarining amaliyotga keng joriy etilgani bilan bevosita boğliq.
Olimlar har bir xavfli hujayraning xususiyatini örganib, soğlom töqimalarga zarar yetkazmasdan, faqat kasallangan qismga taʼsir qiluvçi dori vositalarini yaratmoqda. Ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan immunoterapiya tadqiqotlari esa organizmning öz himoya kuçlarini saratonga qarşi kuraşişga safarbar etib, bugungi kunda çinakam möʼjizalarni namoyon etmoqda.

Mamlakatimizda ham bolalar onkologiyasi yönalişida juda katta islohotlar amalga oşirilmoqda. 2025-yil 19-maydagi «2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori bu boradagi işlarni yangi, sifat jihatidan yuqori bosqiçga olib çiqdi. Mazkur muhim hujjat ijrosi doirasida bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantiriş, erta diagnostika qiliş hamda bemorlarni zamonaviy dori-darmon va yuqori texnologik davolaş usullari bilan töliq taʼminlaşga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur işlarning deboçasi sifatida dastlab bolalar gematologiyasi va onkologiyasi kattalar yönalişidan ajratilib, alohida markaz sifatida taşkil etildi. Qaşqadaryo, Samarqand, Andijon viloyatlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasida filiallar oçilib, öz faoliyatini boşladi. 14 ta hududiy davolaş muassasasi esa birlamçi taşxis qöyiş, hamrohlik qiluvçi terapiya va palliativ yordamga ixtisoslaşgan bölimlarga aylantirildi.

Kasalliklar profilaktikasi va uni erta bosqiçda aniqlaş hamda davolaş, zamonaviy jarrohlik usullarini amaliyotga tatbiq etiş böyiça sezilarli muvaffaqiyatlarga erişilmoqda. Qolaversa, markazning hududiy filiallarida bir qator yangi davolaş va diagnostika usullari yölga qöyildi.
– Yana bir muhim jihat şundaki, ilgari bolalar köp örinli palatalarda davolanar edi, – deydi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi şifokori Dilorom Mahmudova. – Bu esa immuniteti pasaygan bemorlarda turli infeksiyalar bir-biriga ötişiga sabab bölib, davolaniş jarayonini qiyinlaştirardi. Hozirgi kunda esa har bir bola uçun zarur şaroitlar yaratilgan: alohida palata, onasining yonida yotib davolanişi uçun qulayliklar mavjud hamda bola va ona kuniga beş mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi. Bunday zamonaviy şaroitlar, albatta, şifoxonada içki infeksiyalar tarqalişining oldini oladi va kiçik bemorlarning tezroq soğayib ketişida muhim omil bölmoqda.
«Mehrli maktab» – «Zamin» xalqaro jamoat fondi kömagida uzoq muddatli davolaniş jarayonlarida bolalarning taʼlim olişini taʼminlaşga qaratilgan muhim loyiha. Bu yerda bemor öğil-qizlar maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari taʼlim bilan qamrab olinib, har bir öquvçi uçun salomatlik holati, dasturni özlaştiriş darajasi va emotsional xususiyatlarini hisobga olgan holda individual taʼlim yönalişi işlab çiqilgan. Maktab yangi zamonaviy öquv qurollari, mebel va texnik vositalar bilan töliq jihozlangan. Taʼlim jarayoniga pedagoglar, psixologlar va tibbiyot xodimlari jalb etilgan. Bugungi kunda hududlardagi bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlari huzurida «Mehrli maktab»ning töqqizta filiali faoliyat körsatmoqda.

– «Mehrli maktab» davlat taʼlim muassasasi 2022-yildan faoliyat boşlagan bölsa, bunga qadar uzoq muddat davolanayotgan bolalar uçun bunday şaroitlar mavjud emas edi, – deydi uşbu taʼlim muassasasi mutasaddisi Nigora Alimova. – Endilikda bemor bolajonlarimiz uzoq muddatli muolajalarni oliş bilan birgalikda, taʼlim jarayonlarini ham davom ettirmoqda. Ular maktabgaça va umumiy örta taʼlim hamda tögaraklar bilan qamrab olingan. Taʼlim-tarbiya berişda, avvalo, har bir bemorning ruhiy va jismoniy holatidan kelib çiqib yondaşiladi.
Şifokorlarning tuşuntirişiça, bolalardagi uşbu xastalikning taşqi omillar taʼsirida kelib çiqişi deyarli uçramaydi. Bu organizm ösişi vaqtida hujayralarning notekis yoki tasodifiy bölinişi bilan boğliq. Bunday vaziyatda imkon qadar tezroq tibbiy körikdan ötiş va erta taşxis qöyiş birdan-bir çoradir. Öz vaqtida qöyilgan taşxis va muolajalar kasallikni erta bosqiçda davolaş imkonini beradi. Davlatimiz tomonidan körsatilayotgan ğamxörlikning tub negizida ham ana şunday ezgu maqsad mujassam. Yaʼni, oğir xastalikka çalingan mitti bemorlarni soğayib ketişlari uçun moddiy qöllab-quvvatlaş, ularning oilasi va ota-onalarini yolğizlatib qöymaslikdir.

Yaqinda, yaʼni 21-22-oktabr kunlari Samarqand şahrida davlat rahbarlari, soğliqni saqlaş sohasi ekspertlari va xalqaro hamkorlar iştirokidagi «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yöl» mavzusidagi Butunjahon sammiti doirasida ötkazilgan Bolalar onkologiyasi böyiça II xalqaro kongressda ham ana şular muhokama markazida böldi. Kongress bolalar onkologik yordamini yanada mustahkamlaş, har bir bolaga öz vaqtida taşxis qöyiş, samarali davolaş, zarur dori vositalari hamda palliativ yordamdan teng foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi.
JSST ekspertlari taʼkidlaganidek, bolalar manfaatlari – doim birinçi örinda turuvçi masala. Har bir bemor bolani saqlab qoliş, unga kerakli yordamni körsatiş, azob-uqubatlarini kamaytiriş hamda davolaniş davrida va undan keyin ham öqiş, rivojlaniş va tölaqonli hayot keçiriş imkonini yaratib beriş – barçamizning vazifamiz. Şu bois bolalar onkologiyasi sohasidagi yordam JSSTning bolalar va ösmirlar salomatligi hamda farovonligi böyiça strategiyasida alohida örin tutadi.

Darvoqe, Samarqandda oğir xastalikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça Global tarmoq tuzilgani ham umidbaxş yutuq böldi. Global tarmoq oğir va hayot uçun xavfli, jumladan, onkologik kasalliklarga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş yölida xalqaro hamkorlik va tajriba almaşiş uçun birinçi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmuş örtoqlarini birlaştiradi.
Şuningdek, xalqaro miqyosdagi uşbu ezgu taşabbus yurtimizda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantiriş, hayotiy holatidan qatʼi nazar, har bir bolaning ösişi va rivojlanişi uçun şaroit yaratiş borasidagi islohotlarni jadallaştiradi.
Nazarimda, tibbiyotning sönggi yutuqlari, davlat siyosati darajasidagi eʼtibor, şifokorlarning fidokorona mehnati va jamiyatning birdamligi – ulkan kuç. Qalbida zarraça bölsa-da mehr, ezgu niyati bor inson bu kuraşga öz hissasini qöşadi. Işonçim komilki, izçil saʼy-harakatlar va mehr-muhabbat tufayli bir kun kelib yer yuzida saraton kasalligidan aziyat çekadigan birorta ham bola qolmaydi. Har bir mitti yurak faqat baxtdan, şodlikdan duk-duk urib turadi.
Mohigul Qosimova, ÖzA