“O‘zbekfilm kino shaharchasi” tashkil etiladi
Prezidentimiz kino yaratish uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishini ma’lum qildi. “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster – “O‘zbekfilm kino shaharchasi” tashkil etiladi.
“Kino shaharchasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlashtirish markazi quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha tashkilotini jalb qilib, shaharchaning master-rejasi va loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Qurilish ishlari keyingi yilning mart oyidan boshlanadi.
Kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.
O‘zA