Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, boy bilim va tajribasi, professional mahorati bilan diagnostika va davolash amaliyotida ilg‘or texnologik va innovatsion usullarni keng qo‘llash, raqamli transformatsiyani jadallashtirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi salomatligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan
Daminov Botir Turgunpulatovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Djurayev Mirjalol - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining abdominal jarrohlik bo‘limi ilmiy rahbari
Karimov Shavkat Ibragimovich - Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi direktori
Yusupov Azamat Farxadovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Vaisov Adxamdjon - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi professori
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Aliyev Aziz Abdullayevich - Qo‘qon shahri tibbiyot birlashmasining nevrologiya bo‘limi shifokor-nevrologi, Farg‘ona viloyati
Alimuxamedova Nazira Agzamovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik-diagnostik laboratoriyasi laboranti
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Mamasadikov Nurillo Shukrullayevich - Farg‘ona shahridagi “Central Asian medical university” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Aliyeva Dilfuza Abdullayevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Oila va nikoh” maslahatxonasi mudiri
Alyavi Baxromxon Anisxonovich - Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Ashurov Zarifjon Sharifovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Kuldjanov Joldas - Amerika Qo‘shma Shtatlari Sent-Luis universiteti shifoxonasining ortopediya bo‘limi mudiri
Sabirov Ulug‘bek Yusupxonovich - Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Tashmuxamedova Barno Erkinovna - Toshkent shahridagi 1-bolalar klinik shifoxonasining chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi mudiri
Tulyaganov Davron Baxtiyarovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori
Fozilov Xurshid G‘ayratovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Axmedova Oliya Mamatqulovna - Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining allergologiya bo‘limi mudiri
Babajanova Shaxida Dadajanovna - Respublika perinatal markazining akusherlik bo‘limi mudiri
Boboyeva Nodira Isroilovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali tug‘uruq bo‘limi doyasi
Bolkunova Faina Vladimirovna - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi rahbari
Kilichev Ibadulla Abdullayevich - Urganch davlat tibbiyot institutining asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya kafedrasi professori, Xorazm viloyati
Saidazizova Shaxlo Xibziddinovna - Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Uzluksiz Tibbiy ta’lim milliy institutining bolalik davri asab kasalliklari kafedrasi dotsenti
Yusupova Nargiza Sotvoldiyevna - Asaka tumani maslahat-diagnostika bo‘limining bolalar shifokor-nevropatologi, Andijon viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Akiko Fuji - Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili
Ayubiy Eisaxan Ayub - Amerika Qo‘shma Shtatlari “Project C.U.R.E.” tashkilotining hukumat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha bosh direktori
Baiyev Xasan Junidovich - Rossiya Federatsiyasining Ye.P.Glinka nomidagi Respublika bolalar klinik shifoxonasi yuz-jag‘ va plastik jarrohi
Gizatulina Nazira Rasulovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
Musayev Axmet Yusupovich - Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasining bolalar reanimatsiyasi bo‘limi shifokor-reanimatologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Pak Antonina Alikovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining skrining-tibbiy maslahat bo‘limi shifokor-genetigi
Toyimbetova Galiya Kalabayevna - Zarafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limi shifokori, Navoiy viloyati
Sareva Viktoriya Eduardovna - Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bosh shifokori
Usmanova Parizod Abdikayumovna - Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
I darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Karimov Abdufarrux Abdusatarovich - Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi ilmiy rahbari
Razikova Ilmira Sadullayevna - Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Raxmatov Nabijon Saliyevich - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiobod” oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Namangan viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Begmanov Baxit Qudaybergenovich - Shumanay tumanidagi “Qarabayli” oilaviy shifokorlik punktining oilaviy shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Boboqulova Oysanam Raxmatovna - Yakkabog‘ tumanidagi “Salomatlik” xususiy klinikasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Ganiyev Tulkunjan Gapirovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining markaziy klinik shifoxonasi kardiologiya bo‘limi mudiri
Yoqubov Axror Tuyichiyevich - Uchtepa tumanidagi “Jacksoft medical diagnostics services” xususiy klinikasi neyrojarrohi, Toshkent shahri
Komilova Xuri - Piskent tumani tibbiyot birlashmasining ichki dorixonasi provizori, Toshkent viloyati
Kamilova Altinoy Tursunbayevna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gastroenterologiya ilmiy bo‘limi mudiri
Kayumov Taxir Pottaxovich - Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining bosh shifokori
Qodirova Ra’no Ganiyevna - Zangiota tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori, Toshkent viloyati
Mustafakulova Saxiba Yevgashevna - Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining Ravot bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati
Nasretdinova Shoxida Davranbekovna - Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinikasi bosh shifokori, Andijon viloyati
Omonov Olim Murodullayevich - O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari
Usmanova Gulnara Maxamadjanovna - Toshkent tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bosh hamshirasi
Xolbekova Xakimaxon Ismailovna - Mirzaobod tumanidagi 17-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Sirdaryo viloyati
Chariyeva Salima Ibragimovna - Qumqo‘rg‘on tumanidagi 34-oilaviy poliklinikasi mudiri, Surxondaryo viloyati
Elov Boymurod Dilmurodovich - Buxoro nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazi shifokor-terapevti, Buxoro viloyati
Ergashova Mukaramoy Jurabayevna - Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi mudiri
“Jasorat” medali bilan
Buribayeva Arailim Kidirovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Peshku tumani bo‘limi hamshirasi, Buxoro viloyati
Mirzayeva Shohzoda Berdiyorovna - Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Urazbayeva Svetlana Turdimuratovna - Mo‘ynoq tumanidagi “Qozoqdaryo” oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Botirov Meyli Turayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Koson tumani bo‘limi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati
Gimranov Emil Ildarovich - “UZINFOCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori
Maxmudova Aziza Djumanovna - Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Narzullayev Abdigafur Urakovich - Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Axmedova Shahlo Abdumuminovna - Arnasoy tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati
Ibragimov Dilshodjon Soatillayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Davlatobod tumani bo‘limi feldsheri, Namangan viloyati
Kadirova Flora Zakirovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi jarrohlik bo‘limi shifokor-otorinolaringologi
Kasimov Abdunabi Kadirovich - Chilonzor tumanidagi “Radiks” farmatsevtika korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri
To‘rayev Zafar Aktamovich - Xatirchi tumanidagi 28-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Navoiy viloyati
Xudayberdiyeva Maxsuda Buriyevna - Angor tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi sanitariya shifokori, Surxondaryo viloyati
Shoimqulova Malika - Bekobod tumanidagi “Yangihayot” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Toshkent viloyati
Shukurov Shuxrat Utkurovich - Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining davlat sog‘liqni saqlash siyosati samaradorligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Inomov Firdavs Ulug‘bek o‘g‘li - Bolalar milliy tibbiyot markazining maslahat va diagnostika bo‘limi shifokor-nevrologi
“Shuhrat” medali bilan
Abdunazarov Erkin G‘ulomovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Buvayda tumani bo‘limi haydovchisi, Farg‘ona viloyati
Abduraxmonova Sanoat Abdurafikovna - Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi katta hamshirasi, Samarqand viloyati
Axmedova Nargiza Maxmudovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali shoshilinch kardiologiya va terapiya bo‘limi shifokor-kardiologi, Buxoro viloyati
Zakirova Zebo Anvar qizi - Sirdaryo tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi IT-operatori, Sirdaryo viloyati
Kutlimuratova Enaxan Egambergenovna - Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining poliklinika bo‘limi diagnostika shifokori, Xorazm viloyati
Murtalibova Nodira Mirmaksudovna - Bolalar milliy tibbiyot markazining nefrologiya va gemodializ bo‘limi shifokor-nefrologi
Murtazayev Nozimjon Ne’matovich - Milliy tibbiyot markazining neyroreanimatsiya bo‘limi shifokor-nevrologi
Nizamov Ulugbek Irgashevich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Nasirov Mansur Muxtorovich - Bolalar milliy tibbiyot markazining kam invaziv xirurgiya, transplantologiya va ortopediya bo‘limi mudiri
Omonov Faxriddin Saparovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi feldsheri, Toshkent viloyati
Soatova Rano Axmatovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining xirurgiya reanimatsiyasi bo‘limi kichik tibbiy xodimi
Toshbo‘lova Muxayyo Egamqulovna - Jizzax nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “G‘amxo‘rlik” markazining kichik tibbiy xodimi, Jizzax viloyati
Umirzokov Nizomiddin Apayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Paxtachi tumani bo‘limi haydovchisi, Samarqand viloyati
Usmonov Saida’lo Komiljon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining standartlar va klinik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i
Usmonov Shuxrat Urazali o‘g‘li - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reabilitatsiya bo‘limi mudiri
Shoabsarov Abdushohid Aslonovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kuyganlar toksikologiya reanimatsiyasi bo‘limi mudiri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev