Milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz – Prezident
Mamlakatimiz yetakchisi aytilgan o‘zgarishlar soha faoliyatini yanada yuksaltirishi va yaxshi filmlar yaratishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Shundan so‘ng tajribali ijodkorlar va yoshlarning fikrlarini tingladi.
Ochiq muloqot yakunida davlatimiz rahbari milliy kinoni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olinganini va aytilgan o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Prezidentimiz ijodkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini, yaxshi kino yaratish uchun sharoitdan tashqari halol mehnat va vatanparvarlik bilan xalqni sevib ijod qilish kerakligini ta’kidladi.
– Sizlarga ishonaman. O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz, – dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
O‘zA