Ötgan 10 oyda suv xöjaligida 10,6 milliard kub metr suv tejaldi (+video)
Suv xöjaligi vazirligida "Suv - hayot manbai: yangi texnologiyalar orqali resurslarni samarali boşqariş" mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda soha mutasaddilari, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Tadbirda suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev sözga çiqib, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida suv xöjaligini modernizatsiya qiliş, suvni tejaş, sohani raqamlaştiriş va boşqaruv samaradorligini oşiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, kanallarni betonlaştiriş, raqamlaştiriş va agrotexnik tadbirlar hisobidan 10 milliard 690 million kub metr suv tejaldi.
Jumladan, suv tejovçi texnologiyalar va yerlarni lazerli tekislaş hisobiga 4 milliard 935 million kub metr, irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlaş, tiklaş va betonlaştiriş orqali 3 milliard 141 million kub metr, raqamli texnologiyalarni joriy etiş natijasida 671 million kub metr, ilğor agrotexnik tadbirlar va kam suv talab qiladigan ekinlar hisobiga esa 1 milliard 944 million kub metr suv tejaldi.
Şavkat Hamroyevning sözlariga köra, kanallarda suv yöqotilişini kamaytirişning eng samarali çoralaridan biri ularni betonlaştirişdir.

– Mamlakatimizda qişloq xöjaligi ekinlarini suğorişga xizmat qiladigan irrigatsiya tarmoqlarining umumiy uzunligi 173 ming kilometrni taşkil etadi. Tuproq özanli kanallarda suvning bir qismi yerga şimilib ketişi uning yöqotilişiga, isteʼmolçilarga yetkazib berişda ortiqça vaqt va xarajat sarflanişiga sabab böladi.
Şuning uçun sönggi yillarda kanallarni betonlaştiriş işlari jadallaştirildi. 2026-yilda Davlat byudjeti mablağlari hisobidan 1 ming kilometr kanal betonlaştirildi. Natijada vazirlik tizimidagi beton qoplamali magistral va xöjaliklararo kanallarning umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrga yetkazildi. Yil yakuniga qadar yana 200 kilometr kanalni betonlaştiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, klaster va fermer xöjaliklari tomonidan 20 ming kilometr içki suğoriş tarmoqlari betonlaştirildi va kapital taʼmirlandi. Bu işlar natijasida kanallarning tegişli uçastkalarida suv yöqotilişini 35 foizgaça kamaytiriş, ekin maydonlariga suv yetkazib beriş vaqtini esa 2-3 barobar qisqartiriş imkoni yaratilmoqda.
Yana bir ustuvor yönaliş esa suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş. 2017-yilda mamlakatimizda bunday texnologiyalar atigi 28 ming gektar maydonda qöllanilgan bölsa, bugungi kunda ularning qamrovi 2,8 million gektarga, yaʼni suğoriladigan maydonlarning 65 foiziga yetdi. 2026-yilning ötgan davrida 654,2 ming gektar maydonda suv tejovçi texnologiyalar joriy etildi. Tomçilatib va yomğirlatib suğoriş, yerlarni lazerli tekislaş, egiluvçan quvurlar orqali suv beriş kabi usullar suv sarfini kamaytiriş bilan birga, hosildorlikni oşiriş va fermerlarning işlab çiqariş xarajatlarini qisqartirişga xizmat qilmoqda, – dedi vazir.

Tadbirda sohada suv resurslarini hisobga oliş, taqsimlaş va nazorat qiliş jarayonlarini raqamlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ham maʼlumot berildi. Unga köra, sohada raqamli nazorat tizimlarini joriy etiş doirasida 13 ming 310 ta suv xöjaligi obʼektiga "Aqlli suv", 12 ming 859 ta meliorativ kuzatuv quduğiga "Dayver" uskunalari örnatildi. 1 ming 935 ta nasos stansiyasida suv sarfini onlayn kuzatiş yölga qöyilib, 106 ta yirik obʼekt avtomatlaştirildi.
Şuningdek, "Suv hisobi" axborot tizimi orqali 97,5 mingta suvdan foydalanuvçi bilan elektron şartnomalar rasmiylaştirilib, 817 mingta dalolatnoma şakllantirildi. Vazirlikning Vaziyatlar markazi esa suv va energiya resurslari hamda irrigatsiya obʼektlari faoliyatini monitoring qiliş imkonini bermoqda.
Infratuzilmani yaxşilaş maqsadida kuzgi-qişki tadbirlar davomida 4 ming 300 kilometr kanal tozalanib, 3 ming 30 ta gidrotexnika inşooti va 3 ming 220 ta gidropost taʼmirlandi.
Matbuot anjumani yakunida yil yakuniga qadar suv tejaş hajmini 11 milliard kub metrga yetkaziş, yangi texnologiyalar qamrovini kengaytiriş, kanallarni betonlaştiriş va suv hisobini yanada takomillaştiriş işlari davom ettirilişi taʼkidlandi.
Nasiba Ziyodullayeva,
Doniyor Yoqubov (video),
Anvarxöja Ahmedov (montaj),
ÖzA