Is gazidan zaharlaniş xavfi tekşirilmoqda
Jizzax viloyatidagi quriliş obʼektlarida işçilar xavfsizligini taʼminlaş, yonğin va is gazidan zaharlanişning oldini oliş maqsadida profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unda boşqarmaning Şaharsozlik sohasida profilaktika bölimi xodimlari quriliş jarayonlaridagi xavfsizlik talablariga rioya etilişini nazorat qilmoqda.
Xususan, belgilangan meʼyorlarga amal qiliş, işçilar hayoti va soğliğini muhofaza etiş masalalari tuşuntirilmoqda. Şuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş böyiça zarur tavsiyalar berilmoqda.

Havo harorati pasayişi munosabati bilan işçilar yaşaş joylaridagi xavfsizlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda. Quriliş obʼektlari masʼullari va işçilarga yonğin hamda is gazidan zaharlaniş xavfi tuşuntirilmoqda.
Jumladan, isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş, elektr va gaz jihozlari sozligini tekşiriş zarurligi taʼkidlanmoqda. Şamollatiş tizimlarini nazorat qiliş va yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş yuzasidan körsatmalar berilmoqda.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri