Navoiy korxonalari Germaniya texnologiyalari asosida rivojlantiriladi
Navoiy viloyatida sanoat korxonalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytiriş, avtomobilsozlik uçun zarur butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş va mahalliy işlab çiqaruvçilarning Yevropa bozorlariga çiqişini taʼminlaş böyiça hamkorlik yölga qöyilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligida Navoiy viloyati sanoat korxonalarini Germaniyaning Fraunhofer IPK instituti texnologiyalari asosida rivojlantiriş hamda Yevropa bozorlariga çiqiş maqsadida memorandum imzolandi.
Kelişuv doirasida kamida 5 ta mahalliy maşinasozlik va avtomobilsozlik korxonasining işlab çiqariş imkoniyatlari baholanib, ularni Yevropa sanoati talablariga moslaştiriş çoralari işlab çiqiladi. Şuningdek, import qilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini mahalliy korxonalarda işlab çiqariş va Yevropa kompaniyalari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirişga eʼtibor qaratiladi.
Hamkorlik doirasida Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti huzurida innovatsiyalar institutini taşkil etiş imkoniyatlari örganiladi. Şuningdek, viloyatning sanoat ixtisoslaşuvini belgilaydigan 5 yillik strategiya va uni amalga oşiriş böyiça 24 oylik çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiladi.
Vazirlik axborot xizmati maʼlumotiga köra, mazkur hamkorlik mahalliy korxonalarning texnologik salohiyatini oşiriş, yangi işlab çiqariş yönalişlarini özlaştiriş va xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişda yanada ahamiyatli.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA