Markaziy Osiyo mehmonxona bozori iştirokçilari Toşkentda jamlanadi
2026-yil 24-noyabr kuni Toşkent şahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi kömagida mehmonxona bozori iştirokçilari uçun ikkinçi xalqaro forum — HotelPro HUB Central Asia 2026 bölib ötadi.
Forumda investorlar va developerlar, mehmonxona egalari va boşqaruvçilari, mehmonxona operatorlari, texnologik kompaniyalar, yeçimlar yetkazib beruvçilar, maslahatçilar hamda davlat idoralari vakillari iştirok etadi.
Forumning asosiy eʼtibori mehmonxona loyihalarining iqtisodiy samaradorligiga qaratiladi. Xususan, investitsiyalar, development, boşqaruv, texnologiyalar, tijoriy samaradorlik, mehmonxona aktivlari qiymati va turistik hududlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo mehmonxona infratuzilmasining jadal rivojlaniş davrini boşdan keçirmoqda. Yangi loyihalar va xalqaro brendlar paydo bölmoqda, transport imkoniyatlari kengaymoqda, investorlarning qiziqişi ortib bormoqda. Bozor bilan birga mehmonxona obʼektlariga qöyilayotgan talablar ham özgarmoqda. Endi mehmonxona qurişning özi yetarli emas. Uning qaysi talab asosida faoliyat yuritişi, daromadliligini qanday boşqariş va bir neça yildan keyin aktiv qiymatiga qaysi omillar taʼsir körsatişini oldindan anglaş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
HotelPro HUB Central Asia 2026 forumi aynan şu masalalarni muhokama qilişga qaratilgan.
Birinçi HotelPro HUB forumi 2025-yil 29-oktabr kuni Toşkent şahrida ötkazilgan bölib, unda 100 dan ortiq mehmonxona vakili qatnaşgan. Tadbir doirasida 675 ta B2B uçraşuvi ham ötkazilgan edi.

2026-yilda loyiha HotelPro HUB Central Asia brendi ostida mintaqaviy miqyosga çiqmoqda. Bu yilgi forumda 500 nafardan ortiq delegat va 40 dan ziyod kompaniya iştirok etişi kutilmoqda. Bir kun davomidagi B2B uçraşuvlar sonini esa qariyb 1 mingtaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Forumning işbilarmonlik dasturi mehmonxona aktivining hayotiylik sikliga asoslangan. Unda davlat va investor hamkorligi, turistik hududlarni rivojlantiriş, boşqaruv modelini tanlaş, texnologiyalar, kapital jalb qiliş, loyihalaştiriş, mehmonxona köçmas mulki va aktivlarni sotiş masalalari qamrab olinadi.
Asosiy mavzular qatorida mehmonxona investitsiyalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, Markaziy Osiyoda turizmni davlatlararo rivojlantiriş, xalqaro brend iqtisodiyoti, sunʼiy intellekt va avtomatlaştiriş, Fors körfazi mamlakatlari kapitali, mehmonxona rezidensiyalari, mehmonxona aktivlarining qiymati va likvidligi kabi masalalar örin olgan.

HotelPro HUB doirasida töğridan-töğri işbilarmonlik aloqalarini örnatişga ham alohida eʼtibor qaratiladi. B2B muzokaralar asosiy dastur bilan bir vaqtda kun davomida ötkaziladi. Şuningdek, professional netvorking, startaplar taqdimoti (Startup Showcase) va mehmonxona biznesi uçun yeçimlar körgazmasi taşkil etiladi.
Forumning işbilarmonlik dasturiga Cronwell Group boşqaruvi raisi Dmitriy Kolesnikov, Cronwell Hospitality Group boşqaruvçi hamkori, Rossiya turizm industriyasi ittifoqi va Rossiya mehmonxonalar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Musakin hamda Kazakh Tourism kompaniyasining sobiq raisi Qayrat Sadvakasov moderatorlik qiladi.



ÖzA