O‘qituvchilik — havas qiladigan kasbga aylandi (+video)
“Kelajak bunyodkorlari“ loyihasining navbatdagi qahramoni “Yil o‘qituvchisi“ tanlovi g‘oliblaridan biri, Toshkent shahri, Mirobod tumani 263 - maktab o‘zbek tili o‘qituvchisi Dilshodabonu Abduqodirova.
O‘qituvchilik — jamiyatni yuksaltiruvchi, kelajak avlodni tarbiyalovchi va barcha kasblarning poydevorini qo‘yuvchi eng sharafli va mas’uliyatli kasblardan biridir.
O‘qituvchi mehnati — eng mashaqqatli, lekin eng shonli va savobli mehnatdir. Ustoz har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topa olishi, ularning qiziqishlarini o‘rganib, komil shaxs sifatida shakllanishiga ko‘mak berishi zarur. Har bir muvaffaqiyatli shifokor, muhandis, san’atkor, sportchi, olim yoki davlat arbobi ortida, albatta, bir ustozning sabr-toqati, fidoyiligi, duosi va mehribonligi turadi.
Davlatimiz tomonidan ham o‘qituvchilarning jamiyatdagi maqomi va e’tibori yildan-yilga yuksaltirilmoqda. 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Bu sananing joriy etilishi va ustozlarga berilayotgan e’tibor — o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan yuksak hurmatning yorqin ifodasidir.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA