O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida chegara bo‘lishi kerak (+video)
“Kelajak bunyodkorlari“ loyihasining navbatdagi qahramoni, “Yil o‘qituvchisi“ tanlovi g‘oliblaridan biri — Shahzod Qo‘chqorov.
O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari ta’lim sifatiga, o‘quvchining bilim olishiga va shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy omildir.
Pedagogik muomala - bu o‘qituvchining ijobiy psixologik iqlimni yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlarda o‘quvchilar bilan olib boriladigan hamkorligidir.
Pedagogik muloqotda shaxsni hurmat qilish va uning fikrini tinglash, har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olish, baholash va muomalada teng hamda to‘g‘ri munosabatda bo‘lish muhim hisoblanadi.
Bugungi loyihamiz qahramoni Shahzod Qo‘chqorov o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarning to‘g‘ri o‘rnatilishi qanchalik o‘quv jarayonlariga ta’sir qilishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA