Ona tili – millat tafakkuri va qadriyatlar asosi
O‘zbek tilining millat va Vatan bilan uzviy bog‘liqligi asrlar osha shoirlar ijodida tarannum etib kelingan. Bugun uning qadri yanada yuksak.
O‘zbek millati azal-azaldan o‘z tafakkuri bilan jahonga nom taratgan. Tafakkurning mahsuli esa shubhasiz tildir. Bu, ayniqsa shoirlar ijodida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, tilga daxldorlik hissi ham aynan shoirlarda kuchliroq bo‘ladi. Buning isbotini hazrat Alisher Navoiy ijodida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu she’rda ham tilning, millatning, Vatanning qadri bir-biriga chambarchas bog‘liq tarzda tasvirlanadi. Bugungi islohotlardan mamnunlik tuyishini shoir yashirmaydi.
Bulbul kuylamoqni o‘rganmas zog‘dan,
Tikon terilmaydi chamanzor bog‘dan.
Sahroning qadrini so‘rang yantoqdan,
O‘zbekman, yuksakdir elimning qadri,
El ichra shu ona tilimning qadri.
Bo‘ston goh yashnaydi, ba’zan sarg‘ayar,
Qachondir qo‘ngandir qora qarg‘alar.
Bugun o‘zbekona kuylar taralar,
O‘zbekman, yuksakdir elimning qadri,
El ichra shu ona tilimning qadri.
Koshg‘ariy devoni hech so‘nmas pilik,
Bilimga chorlaydi Qutadg‘u bilig.
Millatim shiori, milliylik, birlik,
O‘zbekman, yuksakdir elimning qadri,
El ichra shu ona tilimning qadri.
Yugnakiy yo‘lini yoritgan til bu,
Atoyi dardini aritgan til bu.
Yillardan yillarga xat bitgan til bu,
O‘zbekman, yuksakdir elimning qadri,
El ichra shu ona tilimning qadri.
Lutfiy qalamini charxlagan qayroq,
Hazratim Navoiy ko‘targan bayroq.
Gulshanda turkiygo‘y bulbullar sayroq,
O‘zbekman, yuksakdir elimning qadri,
El ichra shu ona tilimning qadri.
So‘lmasin, toabad qadring niholi,
Qudratli millatning buyuk timsoli.
Nazmim no‘noq, niyat tilim iqboli,
O‘zbekman, yuksakdir elimning qadri,
El ichra shu ona tilimning qadri.
Mazkur matn o‘zbek xalqining tafakkuri va tilining jahon miqyosidagi ahamiyatini yoritib, shoirlar ijodida ona tiliga bo‘lgan muhabbatning yaqqol namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Ulug‘ Alisher Navoiy merosiga ishora qilinadi.
She’rda til, millat va Vatan tushunchalari uzviy bog‘liqlikda tasvirlanadi. Shoir bugungi islohotlardan mamnunligini bildirib, o‘zbek tilining tarixiy ildizlarini, buyuk ajdodlar – Koshg‘ariy, Yugnakiy, Lutfiy, Navoiy kabilarning ijodidagi o‘rnini madh etadi. She’rda ona tilining qadri, uning millat birligi va qudratidagi roli yuksak ehtirom bilan tarannum etilgan.
Sherbek Islomov,
O‘zA