Ön nafar ğolib NASA kosmik markaziga taşrif buyuradi
Özbekistonda “NASA International Space Apps Challenge 2026” xalqaro xakatonining milliy bosqiçi yakunlandi.
Unda 500 nafarga yaqin iştirokçi qariyb 100 ta jamoaga birlaşdi. Ikki kun davomida iştirokçilar NASAning oçiq maʼlumotlari asosida loyihalar işlab çiqdi va ularni hakamlar hayʼatiga taqdim etdi.
Bu yilgi Respublika bosqiçi Uzcosmos agentligi taşabbusi bilan Inno Technopark, Sehriyo maktabi, «ZIYO FORUM» ilm-fan va taʼlimni rivojlantiriş jamğarmasi, AQŞning Özbekistondagi elçixonasining American Spaces in Uzbekistan dasturi hamda Skillbox bilan hamkorlikda ötkazildi.
Har bir jamoaga tanlangan vazifani örganiş, mos maʼlumotlarni topiş va taklif etilgan yeçim şu maʼlumotlar asosida qanday işlaş mumkinligini körsatiş uçun 48 soat berildi. Xalqaro dastur Yerni kuzatiş, maʼlumotlarni tahlil qiliş va vizuallaştiriş, sunʼiy intellekt hamda maşinali öqitiş yönalişlarini qamrab oldi. Dasturga kosmik texnologiyalar, astronomiya, sayyoralarni örganiş, ekotizimlar va barqaror rivojlaniş böyiça vazifalar ham kiritildi.
[gallery-32525]
Saralaş yakunlariga köra, ön nafar ğolib NASA kosmik markazlariga taşrif buyuriş va öz işlanmalarini taqdim etiş imkoniyatiga ega böldi.
N. Rahmonova,
A. Alijonov (surat), ÖzA