Is gazi töğrisida nimalarni bilişimiz şart? (+video)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuz-qiş mavsumida aholini is gazidan (uglerod oksidi — SO) zaharlanişning oldini oliş böyiça qatʼiy xavfsizlik qoidalariga rioya etişga çaqiradi
Ob-havo haroratining pasayib borişi natijasida gaz va boşqa turdagi muqobil yoqilği isitiş moslamalaridan foydalanişga bölgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş oqibatida köngilsiz hodisalar sodir bölişi hamda insonlar is gazidan zaharlanişi mumkin.
Bunday köngilsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida gaz uskunalaridan va isitiş moslamalaridan foydalanişda quyidagi yonğin va xavfsizlik talablariga rioya qilişingizni söraymiz:
qölbola va nosoz gaz isitiş moslamalaridan foydalanmang;
tungi vaqt aholi turar joylarida örnatilgan isitiş tizimini nazoratsiz qoldirmang;
oşxonada örnatilgan tabiiy gazda işlovçi gaz plitalaridan xonalarni isitiş maqsadida foydalanmang;
isitiş peçlari va ularning mörilarini sozligiga, ularni turli buyum va tösiqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus taşkilotlar tomonidan öz vaqtdaida tozalanişiga alohida eʼtibor bering;
isitiş moslamalari yaqinida yonuvçan buyumlarni saqlamang;
isitiş moslamalaridan foydalanişda ularni işlab çiqargan korxonaning tavsiya va yöriqnomasi talablariga rioya qiling;
gaz uskunalarini ulaş tartib-qoidalariga rioya qiling va ularga rezina şlangalar orqali ulanişga yöl qöymang;
agar xonada gaz hidini sezsangiz, çiroq va uçqun çiqaruvçi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani şamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.
Uşbu qoidalarga rioya etiş bilan siz özingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni köngilsiz hodisalardan saqlagan bölasiz.
Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxöja Ahmedov, ÖzA