Ekologiya madaniyatdan boşlanadi
Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi Boş boşqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.
Tadbirda viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi (ekopolitsiya) boşliği Anvarjon Aşurov “Yaşil makon», «Toza havo», «Bio meros», «Çiqindidan xoli hudud», «Eko-madaniyat» umummilliy loyihalari ijrosi» doirasida amalga oşirilgan işlar haqida batafsil axborot berdi.
Taʼkidlab ötilganidek, bugungi kunda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va aholi uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Namanganda 2026-yilning ötgan 10 oyi davomida amalga oşirilgan tizimli işlar va ularning natijalari buning yorqin dalili böla oladi.
Şu yil bahor mavsumida viloyat böyiça 5,9 million dona iqlim şaroitiga mos mevali, manzarali daraxt va buta köçatlari ekilib, belgilangan reja ortiği bilan bajarildi. Köçat ekişda ayniqsa Pop (631,3 ming), Mingbuloq (586,9 ming) va Yangiqörğon (556,3 ming) tumanlarida faollik körsatildi.

Ilmiy-amaliy yaşil hududlar buyiça Prezident topşiriqlari ijrosini taʼminlaş maqsadida, “Green University” texnikumi talabalarining amaliyoti uçun Namangan tumanida 58,7 gektar maydonda “Dendrologiya boği” hamda Norin tumanida 75,17 gektar maydonda “Botanika boği” taşkil etiş uçun yer maydonlari ajratildi.
Daraxtlarni asraş va xatlov böyiça bugungi kunga qadar viloyatda ekilganiga 5 yildan oşgan 82 ming 470 tup daraxt raqamlaştirilib, elektron pasportlari yaratildi. Daraxtlarni noqonuniy kesişga qarşi kuraş doirasida 91 murojaat örganilib, asossiz ravişda 1 ming 876 tup daraxtni kesiş töğrisidagi sörovlar rad etildi.
Tabiat yodgorliklari böyiça xatlov davomida ekilganiga 100 yildan oşgan 55 tup daraxt aniqlanib, ularga tabiat yodgorligi maqomi berildi. Şuning eng köpi, yaʼni 27 tupi Namangan şahrida joylaşgan çinorlardir.
Hayvonlarni muhofaza qilişda Yangi Namangan tumanining Saxovat mahalasida qarovsiz qolgan hayvonlarni saqlaş, parvarişlaş va davolaşga möljallangan 3 gektarlik pitomnik (priyut) uçun yer ajratilib, quriliş işlari boşlaniş arafasida turibdi.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 23 sentyabdagi tegişli farmoniga muvofiq, 2026-yil kuz mavsumida 10,5 million dona köçat ekilişi belgilangan. Buning uçun yerlarni tayyorlaş va suğoriş tarmoqlarini sozlaş hamda köçat zaxirasini yaratiş işlari amalga oşirildi. Ekiş mavsumiga örmon xöjaliklari tomonidan 6 million dona va köçat yetiştiruvçi korxonalar tomonidan 4,5 million dona köçat zaxiralari yaratilib, yetkazib berilişi taʼminlanadi.
Mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş yuzasidan, joriy yil 7-noyabr kuni Namangan viloyati hokimi boşçiligida köçat ekiş işlariga start berilib, şu kunning özida mingdan ziyod turli xildagi daraxt va buta köçatlari ekildi.
[gallery-32473]
Şuningdek, viloyat hududidagi örmon xöjaliklari tomonidan tuproq unumdorligini oşiriş, suv tejamkorligini taʼminlaş hamda ösimlik çiqindilarini samarali boşqariş maqsadida mulçalaş va kompostlaş texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Ayniqsa, viloyatning toğ va toğoldi hududlarida yangi örmonzorlar barpo etiş va köçatxonalarni parvarişlaşda bu usullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Aholi sonining ösişi va urbanizatsiya sababli viloyatda kuniga örtaça 1 ming 450 tonna (yiliga 530 ming tonnadan ortiq) maişiy çiqindi hosil bölmoqda. Bu muammoni tizimli hal etiş uçun quyidagi qadamlar taşlandi.
Xususan, muqobil energiya va yirik investitsiya – Çust tumanida qiymati 150 million dollarlik, yiliga 547,5 ming tonna çiqindini qayta işlaş quvvatiga ega bölgan va 300 MVt elektr energiyasi işlab çiqaruvçi zamonaviy zavod qurilişi boşlanib, uşbu loyiha yaqin orada işga tuşirilişi kutilmoqda.
Çiqindilarning taşib ketilişini taʼminlaş böyiça joriy yil davomida “Namangan maxsus trans” (sobiq “Musaffo iqlim”) masʼuliyati çeklangan jamiyati 15 ta, “Orif nurli kelajak” masʼuliyati çeklangan jamiyati 10 ta va “Toza xudud” davlat muassasasi beşta, jami 30 ta yangi maxsus texnika olib kelinib, xizmat körsatiş işlari jadallaştirilmoqda.
Köp qavatli uylar va aholi gavjum joylarga çiqindilarni töplanişi va saralanişi uçun 400 dan ortiq yangi konteynerlar örnatildi. Şahar va tumanlarda 8 dona yangi çiqindi yiğiş maydonçasi foydalanişga topşirildi.
Birgina Namangan şahri hududidagi 17 ta noqonuniy çiqindilar taşlanadigan xudud butunlay bartaraf etilib, yaşil hududga aylantirildi. Viloyatda “Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi va yaşil hududlarni joylaştiriş, yer tayyorlaş hamda köçat zaxirasini yaratiş işlari buyiça 1013 ta maʼmuriy huquqbuzarlik holatiga bayonnomalar rasmiylaştirib, ularga 748 million söm jarimalar qöllanildi.
Ekologik qonunbuzarliklarning oldini oliş maqsadida Ekopolitsiya tomonidan qatʼiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, şu yil 1-noyabr holatiga, 3 ming 450 marotaba reyd ötkazilib, 4 ming 284 ta qonunbuziliş holati aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan 6,7 milliard söm miqdorida maʼmuriy jarima hamda 700,2 million söm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Bugungi kungaça 2,7 milliard söm jarima va 105,1 million söm zarar davlat foydasiga undirildi.
Korxonalarning atrof-muhitni ifloslantirganligi uçun tölanadigan kompensatsiya tölovlaridan bölgan qarzdorliklarini undiriş maqsadida 156 ta subʼektning 5,2 milliard sömlik qarzdorligi Sud va majburiy ijro organlariga qaratildi.
“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan işlar ham diqqatga sazovor. Namanganda atmosfera havosiga ifloslantiruvçi moddalar taşlovçi obʼektlar soni 1024 ta bölib, bular asosan sement işlab çiqariş, paxta tozalaş, pişgan ğişt, asfalt işlab çiqariş, don, moy korxonalari, parrandaçilik fabrikalari, metalni qayta işlaş, töqimaçilik korxonalari, gaz quyiş şoxobçalari hissasiga töğri keladi.
Joriy yilda viloyatda atrof-muhitga taʼsiri böyiça I va II toifaga kiruvçi sanoat korxonalarida 9 dona çang-gaz tozalaş uskunasi yangi örnatilgan bölsa, tört korxonadagi mavjud çang-gaz tozalaş uskunalari modernizatsiya qilindi.
Viloyatda ikkita korxonadagi uçta ustuvor turğun ifloslantiruvçi manbalardan çiqadigan taşlanmalarni tahlil qiluvçi avtomatik monitoring stansiyalari va 39 ta sanitar himoya zonasi avtomatik statsionar kuzatuv postlari Ekologiya qömitasining eco-nazorat.uz platformasiga – yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilindi.
Foydali qazilmalarni qazib oliş natijasida buzilgan 25,0 gektar yer maydonlari rekultivatsiya qilindi. Atmosfera havosining ifloslanişiga salbiy taʼsir körsatuvçi 75 ta issiqxona faoliyati örganilib, 25 tasiga filtr örnatildi, 19 ta issiqxona faoliyati töxtatildi va 31 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Atmosfera havosiga zararli taşlamalar taʼsirni kamaytiriş maqsadida viloyat böyiça bugungi kunga qadar 255 mingdan ortiq avtotransport vositalariga stikerlar berildi. Jumladan, 186 ming 69 ta avtotrasportga – “yaşil”, 41945 ta “sariq” va 24024 ta avtotrasportga “qizil” stikerlar berildi.
Joriy yil yakuniga qadar viloyatda 10 ta atmosfera havosi ifloslanişi fon monitoringini amalga oşiriş uçun avtomatlaşgan kiçik stansiyalar örnatiladi. Avtomobillarni yuviş şoxobçalari öz-öziga xizmat körsatiş toifalariga ötkazilib, oqova suvlarni tozalangan xolda qayta işlatiş tizimi yölga qöyiladi.

Atrof-muhitga taʼsir xavfi yuqori darajadagi obʼektlarning ifloslantiruvçi manbalaridan avtomatik ravişda namunalar oliş tizimining qamrovi 10 foizga yetkaziladi. Atmosfera havosiga taʼsiri böyiça I va II toifadagi korxonalar tomonidan öz, tutaş va boşqa hududlarida "yaşil belboğ"lar barpo etiş darajasi 50 foizga yetkaziladi. 30 korxonada mavjud çang-gaz uskunalarini modernizatsiya qiliş hamda unga tutaş hududda 700 ming tup daraxt köçatlari ekiş hisobiga “Yaşil belboğ”lar bunyod qiliş orqali atmosfera havosiga taşlanayotgan ifloslantiruvçi moddalar hajmi 8 foizga kamaytiriladi.
Qişloq xöjaligi ekinlarining rivojlanişi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning işonçlilik darajasi 95 foizga yetkaziladi. Foydali qazilmalarni qazib oliş natijasida buzilgan 35 gektar yer maydonlari rekultivatsiya qilinadi.
Eʼtirof etiş joizki, ekologiya eng avvalo, madaniyatdan boşlanadi. Şu maʼnoda, “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida Davlatobod tumanidagi Yuksaliş mahallasi hududida aholining isteʼmol madaniyatini oşiriş maqsadida mahallalarda suv, energiya, tabiiy gazni va boşqa tabiiy resurslarni tejovçi texnologiyalar va asbob-uskunalar körgazmalari uyuştirildi.
Norin tumanida yaşil texnikum taşkil qilindi. Yangi öquv yili uçun 9-sinf negizida qayta tiklanuvçi energiya manbalariga xizmat körsatiş mutaxassisligi böyiça dual taʼlim 28 nafar, 11 baza negizida örmon xöjaligi texnigi mutaxasisligi böyiça 31 nafar hamda çiqindilarni qayta işlaş va boşqariş yönalişi böyiça 28 nafar öquvçi “dual taʼlim” şakli yuzasidan texnikumga öqişga qabul qilindi.
Aholi va yoşlarning ekologik madaniyatini oşiriş maqsadida “Yoş ekologlar” harakati Kengaşi taşkil etilgani ham tahsinga sazovordir.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (suratlar), ÖzA muxbirlari