Muammolar aniqlanib, ularni hal qiliş muddatlari belgilandi
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov Mirzaobod tumanining çekka hududlaridan biri — Bahoriston mahallasida bölib, aholi turmuş şaroiti, bandlik, infratuzilma va obodonlaştiriş bilan boğliq masalalarni joyida örgandi. Taşrif davomida yillar davomida yeçimini kutayotgan muammolar, şuningdek, hududdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş holati tanqidiy tahlil qilindi.
Dastlab kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini taʼminlaş masalasi muhokama etildi. Maʼlum bölişiça, mahallada 32 nafar fuqaro işsiz. Biroq ularni iş bilan taʼminlaş, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, daromad manbalarini şakllantiriş borasida masʼullar yetarli taşabbus körsatmagan.

Viloyat rahbari, ayniqsa, aholi tomorqalaridan unumli foydalanişga eʼtibor qaratdi. Mahalla hokim yordamçisi va boşqa masʼullar har bir xonadon bilan manzilli işlab, tomorqada qanday ekin ekiş, undan qança daromad oliş mumkinligini aniq hisob-kitoblar asosida tuşuntirişi zarurligini taʼkidladi.
— Tomorqangga qara, ekin ek. Hokim yordamçisi xonadonma-xonadon yurib, kartoşka yoki sabzi eksangiz, qança daromad olişingizni hisob-kitob qilib körsatişi kerak. Tomorqalardagi köplab yerlar böş yotibdi, — dedi viloyat rahbari.
Tanqidiy tahlil yakunida masʼullar faoliyatiga baho berilib, kamçiliklarga yöl qöyganlarga nisbatan qatʼiy çoralar köriş vazifasi belgilandi. Mahalla yettiligi va nuroniylar zimmasiga aholi örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, har bir qariç yerdan unumli foydalaniş va tomorqalarni qöşimça daromad manbaiga aylantirişga kömaklaşiş vazifasi yuklatildi.
Aholini yillar davomida qiynab kelayotgan içimlik suvi muammosi ham eʼtibordan çetda qolmadi. Ayni paytda qöşni Şodlik mahallasidan Bahoristonga suv tarmoqlarini tortiş işlari olib borilmoqda. Viloyat rahbari içki tarmoqlarni sinovdan ötkaziş va xonadonlarni toza içimlik suvi bilan taʼminlaş işlarini bir hafta muddatda yakunlaşni topşirdi. Şuningdek, iş sörab murojaat qilgan Hayotbekning bandligi masalasi ham joyida hal etildi.

Mahalladagi yana bir dolzarb muammo — ikki yil avval qurilgan bölsa-da, hanuz işga tuşirilmagan markazlaşgan issiqlik tizimi. U oltita köp qavatli uydagi 72 ta xonadonni isitişga möljallangan. Qozonxonani işga tuşiriş uçun zarur mablağ ajratilişi maʼlum qilindi. Asosiy talab — tizimni işga tuşiriş va uning barqaror işlaşini taʼminlaş. Zero, qiş mavsumida aholi qölbola isitiş vositalaridan foydalanişga majbur bölmasligi kerak.
Mahalla obodonligi va sanitariya holati ham tanqidiy közdan keçirildi. Köçalarda çiqindilar töplanib qolayotgani, aholi örtasida tozalikka rioya etiş böyiça tuşuntiriş işlari sustligi körsatib ötildi. Hududni ozoda saqlaş, çiqindilarni öz vaqtida olib çiqiş va bu borada masʼullarning javobgarligini oşiriş yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida 678 nafar öquvçi tahsil olayotgan 32-maktabdagi şaroitlar ham örganildi. Xususan, isitiş tizimining holati közdan keçirilib, sinfxonalarda zarur haroratni taʼminlaş, öquvçilar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş masalalariga eʼtibor qaratildi. Bu boradagi işlar doimiy nazoratda bölişi belgilandi.
Mahalladagi yana bir eʼtibordan çetda qolgan obʼekt — qarovsiz holatga kelgan 34-sonli «Şodlik» madaniyat markazi binosi. Uşbu binodan samarali foydalaniş maqsadida uni tadbirkorga beriş, bu yerda işlab çiqariş faoliyatini yölga qöyiş va yangi iş örinlari yaratiş zarurligi taʼkidlandi.
Murabbiylar köçasidagi 400 metrlik yölning holati ham joyida közdan keçirildi. Yoğingarçilik kunlari loyga aylanib, aholi harakatiga qiyinçilik tuğdirayotgan yölni qisqa muddatda taʼmirlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçilar esa uç yil avval taʼmirlangan tomlardan yomğirli kunlarda yana suv ötayotgani, boşqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan norozi ekanini bildirişdi. Murojaat tezkorlik bilan körib çiqilib, şu kunning özidayoq tomni taʼmirlaş uçun zarur materiallar olib kelindi va işlar boşlandi.

Bahoristondagi örganişlar hududda yeçimini kutayotgan masalalar bilan bir qatorda, işga solinmagan imkoniyatlar ham talaygina ekanini körsatdi. Işsiz fuqarolarni band qiliş, tomorqalardan samarali foydalaniş, içimlik suvi va issiqlik taʼminotini yaxşilaş, yöllarni taʼmirlaş, foydalanilmayotgan binolarni işga soliş — bularning barçasi aholi turmuş sifatini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega.
Endilikda asosiy vazifa — belgilangan muddatlarda topşiriqlarni sifatli bajariş va har bir muammoning amaliy yeçimini taʼminlaş. Eng muhimi, hududdagi özgarişlar, avvalo, aholi hayotida sezilişi kerak.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri