Oliygohlarda nogironligi bölgan şaxslar uçun yaratilgan şaroitlar qoniqarlimi?
Mamlakatimizda nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquqlarini röyobga çiqariş, nogironligi bölgan yoşlarning sifatli taʼlim olişi uçun şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) tomonidan “Inklyuziv Ombudsman” loyihasi doirasida viloyatlardagi 42 ta oliy taʼlim muassasasida nogironligi bölgan şaxslar uçun yaratilgan şaroitlar yuzasidan monitoring ötkazildi.
Örganişlar davomida inklyuziv taʼlimni taşkil etiş, binolar va infratuzilmani moslaştiriş, taʼlim resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan boğliq muammolar aniqlangan. Jumladan, ayrim oliy taʼlim muassasalarining bino va inşootlari nogironligi bölgan şaxslarning ehtiyojlariga töliq moslaştirilmagan, panduslar, liftlar, maxsus sanitariya-gigiyena xonalari va harakatlaniş uçun zarur boşqa qulayliklar yetarli darajada taşkil etilmagan.
Bundan taşqari, öquv adabiyotlari va elektron taʼlim resurslarining barça talabalar uçun birdek qulay emasligi, maxsus texnik vositalar bilan taʼminlaş, öquv jarayonini individual ehtiyojlarga moslaştiriş hamda malakali mutaxassislar kömagini taşkil etiş borasida ham yeçimini kutayotgan masalalar mavjud.
Monitoring davomida taʼlim muassasalari binolarida nogironligi bölgan şaxslarning mustaqil harakatlanişi uçun zarur bölgan taktil yölaklar, ogohlantiruvçi qoplamalar, vizual kontrastli körsatkiçlar, Brayl alifbosidagi yozuvlar va boşqa navigatsiya vositalari yetarli emasligi maʼlum böldi.

Uşbu monitoring natijalari Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari hamda Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitalarining qöşma yiğilişida batafsil muhokama qilindi. Oliy taʼlim muassasalarida inklyuziv muhitni yaxşilaşga qaratilgan qator amaliy tavsiyalar ilgari surildi. Inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş uçun tegişli qonunçilik asoslarini takomillaştiriş, belgilangan huquqiy kafolatlar taʼminlanişi ustidan taʼsirçan parlament nazoratini örnatiş zarurligi aytildi.
M.Komilova,
ÖzA