Adliya xodimlari ona tilidan diktant yozdi
Namanganda viloyat adliya boşqarmasi taşabbusi bilan “Özbek tilim – jonu dilim” şiori ostida adliya xodimlari örtasida diktant yoziş böyiça tadbir uyuştirildi.
Özbek tiliga davlat tili maqomini oşirişga qaratilgan mazkur tadbir viloyat va şahar hokimliklari, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazining Namangan hududiy bölinmasi hamkorligida taşkil etildi.

Dastavval, Namangan şahar hokimining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Azizbek Abduvaliyev ona tilimizning milliy özlikni anglaş, maʼnaviyat va tariximizdagi beqiyos örniga alohida töxtalib, davlat tilining nufuzini oşiriş, uni asrab-avaylaş hamda kundalik hayot va rasmiy iş yuritişda adabiy til meʼyorlariga rioya etiş muhimligini taʼkidladi.

Şundan söng viloyat adliya boşqarmasi hamda şahar, tuman adliya bölimlari xodimlari iştirokida diktant boşlandi. Iştirokçilar özbek tilida töğri va savodli yoziş könikmalarini sinovdan ötkazib, ona tiliga bölgan hurmat va ehtiromlarini namoyon qildi.

Diktant natijalariga köra, Namangan viloyati adliya boşqarmasi boş maslahatçisi Dilşodbek Neʼmatov ğoliblikni qölga kiritdi. Faxrli ikkinçi örinni Namangan şahar adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi Şamsiddin Muhammadaliyev egalladi. Uçinçi örin Çust tumani adliya bölimi Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş bölimi inspektori Jayrona Botiraliyevaga nasib etdi.

Ğoliblar Namangan viloyati adliya boşqarmasining diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Uşbu tadbir davlat tiliga bölgan hurmatni yanada yuksaltiriş, özbek tilining nufuzi va mavqeini mustahkamlaş, adliya organlari xodimlarining yozma savodxonligini oşiriş hamda ona tilimizdan oqilona foydalaniş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri