OAV vakillari “Navoiyuran”da
“Navoiyuran” davlat korxonasi va Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi hamkorligida korxona faoliyati, amalga oşirilayotgan loyihalar va işlab çiqariş imkoniyatlari bilan keng jamoatçilikni taniştiriş maqsadida press-tur taşkil etildi.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş, sanoat taraqqiyotini jadallaştiriş va milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoşligini oşirişda “Navoiyuran” davlat korxonasi munosib örin egallaydi.
– Bugungi kunda korxonamizda mineral xomaşyo bazasini kengaytiriş, yangi konlarni özlaştiriş, uran qazib oliş hajmini oşiriş, işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yeçimlarni tatbiq etiş, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş borasida izçil işlar olib borilmoqda, – deydi korxona Axborot xizmati rahbari Zarif Mahmudov. – “Navoiyuran” mamlakatimizda yirik soliq tölovçilardan biri hamda uran qazib oliş böyiça jahonda beşinçi örinda turuvçi davlat korxonasi hisoblanadi. Korxonaning işlab çiqariş samaradorligi xalqaro “Fitch Ratings” reyting agentligi tomonidan eʼtirof etilgan. Unga köra, korxonamiz jahon uran sanoatidagi işlab çiqariş xarajatlari eng past bölgan kompaniyalar qatoriga kiradi. Ayni paytda korxona dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidagi 50 ga yaqin kompaniya bilan işbilarmonlik aloqalarini yölga qöygan. Xalqaro standartlar, ilğor texnologiyalar va istiqbolli qöşma loyihalarga asoslangan hamkorlik korxonaning rivojlaniş imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasi öz mahsulotlarini Fransiya, Xitoy, Hindiston, Kanada, Yaponiya va AQŞ kabi qator mamlakatlarga yetkazib beriş orqali xalqaro bozorlardagi iştirokini kengaytirib bormoqda.
Press-tur davomida iştirokçilar “Zafarobod” kon boşqarmasining işlab çiqariş obʼektlarida bölib, uran qazib oliş jarayonlarining muhim bosqiçlari, yer ostida tanlab eritiş texnologiyasidan foydalaniş jarayoni, zamonaviy texnologik uskunalar va işlab çiqariş infratuzilmasining imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdilar.
Bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasida jami 114 ta mahalliy sorbsion uskunasi faoliyat yuritmoqda. Ularning işlab çiqariş jarayonlariga keng jalb etilgani korxonaning texnologik bazasini mustahkamlaş bilan birga, mahalliy sanoat imkoniyatlaridan foydalaniş kölamini ham kengaytirmoqda.
Korxonada işlab çiqariş salohiyatini oşiriş va uran qazib oliş jarayonlarining uzluksizligini taʼminlaşda geotexnologik burğilaş işlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sönggi yillarda uşbu yönalişda moddiy-texnik baza mustahkamlandi. Jumladan, 2022-yilda korxona tasarrufida 71 ta burğilaş uskunasi mavjud bölgan bölsa, 2026-yilga kelib ularning soni 205 taga yetdi.
Burğilaş quvvatlarining kengaytirilişi iş hajmi va surʼatlarida ham öz aksini topmoqda. Xususan, 2026-yilda uran qazib oliş uçun rejalaştirilgan geotexnologik burğilaş işlari hajmi 4 million 863 ming metr etib belgilangan edi. Yilning dastlabki 10 oyida esa 5 million 364 ming 262 metr burğilaş işlari bajarilib, yillik reja 110,3 foizga uddalandi.
– Korxonada işlab çiqariş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, burğilaş texnikasi parkini yangilaş va mavjud resurslardan samarali foydalaniş öz samarasini bermoqda, – deydi “Zafarobod” kon boşqarmasi boş muhandisi Alim Xöjaqulov. – Kon boşqarmamizda uran işlab çiqarişda zamonaviy texnologiyalardan biri – yer ostida tanlab eritiş usulidan samarali foydalanilmoqda. Uşbu texnologik jarayonda mahalliy sorbsion uskunalar muhim örin tutadi. Bu uskuna (LSU)ning asosiy vazifasi yer ostidagi uranli qatlamlardan olinadigan mahsuldor eritma tarkibidagi uranni ajratib oliş va uni maxsus ion almaşinuvçi qatron tarkibiga ötkazişdan iborat. Ularning texnik holati, işonçliligi va belgilangan texnologik rejimda işlaşi konlardagi işlab çiqariş jarayonlarining barqarorligiga bevosita taʼsir körsatadi. Uskunalarning samarali faoliyati texnologik zanjirning uzluksizligini taʼminlaş, işlab çiqariş jarayonlarini muvofiqlaştiriş va mavjud quvvatlardan oqilona foydalaniş imkonini beradi.
“Navoiyuran” davlat korxonasida işlab çiqariş jarayonlarining uzluksizligini taʼminlaş, konlarning texnik ehtiyojlarini öz vaqtida qondiriş hamda mahalliy işlab çiqariş salohiyatini oşirişda Taʼmirlaş-mexanika sexi muhim örin tutadi.
2026-yilning yanvar-sentabr oylari davomida sex tomonidan jami 153 milliard 803,7 million sömlik işlar bajarildi. Jumladan, 105 milliard 7,3 million sömlik mahsulotlar işlab çiqarilgan bölsa, 48 milliard 796,4 million sömlik taʼmirlaş xizmatlari körsatildi.
Iştirokçilar sexning metall boçka va mahsulotlar işlab çiqariş uçastkasida ham bölişib, iş jarayonlari bilan tanişdilar.
– Korxonamizda tabiiy uran konsentratini qadoqlaş uçun maxsus metall konteynerlarni işlab çiqariş töliq özlaştirilgan, – deydi uçastka boşliği Xumoyun Polvonov. – Uçastkamiz 2024-yilda töliq quvvatda iş faoliyatini boşlagan. Hozirda 40 nafar muhandis texnik va işçi xodim mehnat qiladi. 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida 210 litr hajmli 17 088 dona metall boçka tayyorlanib, ularning umumiy qiymati 13 milliard 902,5 million sömni taşkil etdi.
[gallery-32703]
OAV vakillariga Taʼmirlaş-mexanika sexining burğilaş uskunasining ehtiyot qismlarini işlab çiqariş uçastkasida olib borilayotgan işlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Maʼlumotlarga köra, joriy yilning 9 oyi davomida 29 dona burğilaş uskunasi kapital taʼmirdan çiqarilgan. Şuningdek, uran işlab çiqariş qurilmalariga 576 million sömlik joriy taʼmirlaş xizmatlari körsatilib, 6 milliard 15,5 million sömlik burğilaş uskunalari ehtiyot qismlari tayyorlangan.
Sexning burğilaş qurilmalari uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş uçastkasida ham işlab çiqariş işlari samarali taşkil etilib, 6 milliard 924,89 million sömlik ehtiyot qismlar işlab çiqarildi.
Press-tur davomida OAV vakillari özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atrofliça javob oldi.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat),
ÖzA muxbirlari