Moliya tizimi kelajagi: Islom moliyasi va yaşil iqtisodiyot ustuvor yönaliş
Bank-moliya akademiyasida yaşil va Islom moliyasi orqali moliyaviy ommaboplik va barqarorlikni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar kelajak moliyasini belgilovçi muhim yönalişlarni körib çiqdi.
Respublika ilmiy-amaliy anjumanida akademiya rahbariyati, professor-öqituvçilari, olimlar, davlat taşkilotlari va moliya muassasalari vakillari iştirok etdi. Tadbir iştirokçilari zamonaviy moliya tizimi nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik masʼuliyat, ijtimoiy adolat va uzoq muddatli barqarorlikni ham taʼminlaşi zarurligini taʼkidladi.
Zero, yaşil iqtisodiyotga ötiş, muqobil moliyalaştiriş manbalarini rivojlantiriş va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanişini kengaytiriş jahon moliya tizimining asosiy ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.

-Bugun biz xorij tajribalarini örganib, moliya sohasi olimlari bilan tahlil qildik, - deydi Bank-moliya akademiyasi prorektori Maşhurbek Jalolov. - 2025-yildagi Islom moliya kengaşi maʼlumotlariga köra, ularning jahondagi aktivlari 4,4 trillion AQŞ dollariga yetib, 13 foizdan oşgan. Aholini bank xizmatlari bilan kengroq qamrab oliş maqsadida Islom moliyasi va bankini yurtimizda rivojlantiriş naqadar muhimligi bugungi anjumanda atrofliça yoritib berildi. Anjuman yakunida barça kötarilgan masalalar böyiça amaliy takliflar işlab çiqiladi.

Majlisda islom moliya institutlarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Maʼruzaçilar ikki poğonali şariat boşqaruvi, Markaziy bank huzuridagi Islom moliya kengaşining roli hamda moliyaviy faoliyatda şariat tamoyillariga rioya qilişni taʼminlaş mexanizmlarini muhokama qildi. Şuningdek, uning tamoyillarini raqamli muhitga tatbiq etiş va raqamli texnologiyalar bilan uyğunlaştiriş istiqbollari körib çiqildi.
Muhokamalar markazida uglerod savdosi mexanizmlari orqali yaşil loyihalarga mablağ jalb qiliş, innovatsion loyihalarning investitsion jozibadorligini baholaş, şuningdek, neft-gaz sohasida ekologik yeçimlarni joriy etiş samaradorligi masalalari böldi.
Sessiyalarda moliyaviy xizmatlardan foydalanişni kengaytirişga qaratilgan muhim masalalar muhokama etildi. Jumladan, qimmatli qoğozlar bozorida jismoniy investorlar iştirokini oşiriş, suğurta kompaniyalarining institutsional investor sifatidagi rolini kuçaytiriş va aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boşqaruv samaradorligini oşiriş yöllari körib çiqildi. Şuningdek, raqamli transformatsiyaning investitsion jozibadorlikka taʼsiri, sanoat korxonalari raqobatbardoşligini oşirişda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş va turizm sohasini raqamlaştiriş mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ijtimoiy suğurta tizimining kambağallikni qisqartirişdagi salohiyati hamda tadbirkorlarning davlat xaridlaridagi iştirokini rağbatlantiriş masalalari ham kun tartibida böldi. Tadbirning asosiy ahamiyati şundaki, unda nafaqat ilmiy yondaşuvlar, balki sohadagi real ehtiyojlar va amaliy muammolar ham muhokama qilindi. Bu esa nazariya va amaliyotni yaqinlaştirib, mutaxassislar örtasida tajriba almaşiş uçun muhim maydon yaratdi.
Sanjar Toşpölatov, ÖzA