Investitsiya, işlab çiqariş va eksport tuman iqtisodiy rivojlanişining muhim omilidir
Bir vaqtlar Konimex tumani asosan çorvaçilik bilan şuğullanuvçi tumanlardan biri edi. Bugun esa vaziyat tubdan özgardi. Hozirda tumanda investitsiyaviy salohiyatni töliq işga soliş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, eksport hajmini kengaytiriş va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişga, şuningdek, aholi bandligini taʼminlaş hamda mahalliy mahsulotlarning taşqi bozorlardagi raqobatbardoşligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning muhim yönalişlaridan biri hududlarda investitsiya loyihalarini manzilli amalga oşiriş va ularning samaradorligini taʼminlaşdir. Şu maqsadda 2026-yilda tumanning hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 378,4 milliard sömlik 50 ta loyihani işga tuşiriş hamda ular hisobiga 491 ta yangi iş örni yaratiş belgilangan.

Mazkur loyihalarning 17 tasi qişloq xöjaligi sohasiga tegişli bölib, qiymati 77,4 milliard sömni, 8 tasi sanoat yönalişida bölib, qiymati 225,9 milliard sömni, 25 tasi xizmat körsatiş sohasida bölib, qiymati 75,1 milliard sömni taşkil etadi. Bu esa tuman iqtisodiyotida sanoat bilan bir qatorda qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalarini ham jadal rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
– 2026-yilda tumanimizda jami 82,5 million dollarlik xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş belgilangan bölib, yanvar-sentabr oylarida 47,5 million dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar özlaştirildi, – deydi tuman hokimi Ruslan Röziyev. – Bu körsatkiç hududga xorijiy sarmoyadorlarni jalb qiliş, işlab çiqarişni modernizatsiyalaş va yangi iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş borasida muayyan natijalarga erişilayotganini körsatadi. Jumladan, “Navoi agrofos” MÇJ XK tomonidan umumiy qiymati 125 million dollar bölgan donador fosforitni qazib oliş va qayta işlaş, fosfor kislotasi hamda mineral öğitlar işlab çiqariş loyihasi doirasida 31 million dollar xorijiy investitsiya özlaştirildi. Şuningdek, “Navoiy world agrotech” MÇJ tomonidan paxta yetiştirişni taşkil etiş loyihasiga 15,5 million dollar, “Make On Projects” MÇJ QK tomonidan şeben işlab çiqarişni yölga qöyiş loyihasiga esa 1 million dollar investitsiya jalb qilindi.

Bugungi kunda tumanda Xitoy Xalq Respublikasining “Poly Explosives Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 70 million dollar bölgan loyiha amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasida “Industrial mining technology” MÇJ şaklidagi qöşma korxona davlat röyxatidan ötkazildi. “Şörtepa” mahalla fuqarolar yiğini hududidan auksion orqali 40,6 gektar yer maydoni ajratilib, hozirda quriliş işlarini boşlaş uçun yerni tekislaş işlari olib borilmoqda. Mazkur loyihaning töliq işga tuşirilişi natijasida 100 ta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy qiymati 60,5 milliard sömlik 34 ta loyihaning işga tuşirilişi natijasida 158 ta yangi iş örni yaratildi.

Eksport salohiyatini oşiriş ham iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Çunki eksportning ösişi mahalliy korxonalar faoliyatini kengaytiriş, işlab çiqariş hajmini köpaytiriş, yangi bozorlarni özlaştiriş va mamlakatga xorijiy valyuta tuşumini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
2026-yilda tuman böyiça 3 million 15 ming dollarlik eksportni amalga oşiriş rejalaştirilgan. Uning 514 ming dollari sanoat mahsulotlari, 2 million 500 ming dollari meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga töğri keladi. Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 9 ta korxona tomonidan jami 2 million 111 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Tumanda işlab çiqarilgan mahsulotlarning Birlaşgan Arab Amirliklari, Afğoniston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va Eron kabi davlatlarga eksport qilinayotgani mahalliy tadbirkorlarning taşqi bozorlarda öz örniga ega bölib borayotganini körsatadi. Ayni paytda eksport geografiyasini yanada kengaytiriş, mahsulotlar sifatini xalqaro talablar darajasiga yetkaziş, logistika imkoniyatlarini yaxşilaş va eksportçi korxonalar sonini köpaytiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.
Içki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlaş, importga qaramlikni kamaytiriş va milliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlar doirasida mahalliylaştiriş dasturi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tumanda 2026-yilda uşbu dastur doirasida 6 ta loyiha hisobiga umumiy qiymati 5,3 milliard sömlik import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş belgilangan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 4 ta loyiha doirasida 1 milliard 425 million sömlik import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarildi. Jumladan, “Garden House Products” MÇJ tomonidan 121 million sömlik dekorativ buyumlar – haykal va figuralar hamda 198 million sömlik vannalar, “Navoi Polymer Facture” MÇJ tomonidan 896 million sömlik ikkilamçi xomaşyodan tayyorlanadigan polimer granulalar, “Obod Konimex Chashmalari” MÇJ tomonidan esa 210 million sömlik olovga çidamli jun mato va maxsus kiyimlar işlab çiqarildi.
Albatta, tumanda xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, hududiy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, eksport hajmini oşiriş va mahalliylaştiriş dasturini rivojlantiriş borasida muayyan natijalarga erişilmoqda. Eng asosiysi, amalga oşirilayotgan islohotlar va investitsiya loyihalari aholi farovonligini taʼminlaş, yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri