Özbekiston va Iordaniya: kimyo sanoatida yangi qöşma loyihalar amalga oşiriladi
Kimyo sanoatida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, işlab çiqarişni diversifikatsiya qiliş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş tarmoq rivojida muhim örin tutadi. Bu borada Özbekiston xorijiy hamkorlar bilan özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş va mahalliy korxonalarning salohiyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Bu yönalişdagi hamkorlikning yangi bosqiçi Özbekiston va Iordaniya örtasidagi kimyo sanoati aloqalarini kengaytiriş bilan boğliq. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga davlat taşrifi doirasida “Özkimyosanoat” AJ boşqaruvi raisi mazkur mamlakatning yirik sanoat va kimyo kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muzokaralarda “Jordan Phosphate Mines Company”, “Al Faiha Group”, “Manaseer Group” hamda maişiy kimyo vositalari işlab çiqaruvçi kompaniyalar vakillari iştirok etdi. Uçraşuvlar davomida ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, sanoatga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş va özaro manfaatli kooperatsiyani yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlar natijasida hamkorlikni aniq loyihalar bilan mustahkamlaşga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, “Özkimyosanoat” AJ va “Jordan Phosphate Mines Company” örtasida özaro anglaşuv memorandumi rasmiylaştirildi. Mazkur hujjat kimyo sanoatida istiqbolli yönalişlarni birgalikda örganiş, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş va kompaniyalar örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini rivojlantirişda umhim ahamiyatga ega.

Şu bilan birga, tomonlar “Jordan Phosphate Mines Company”, PLC bilan hamkorlikda ozuqabop monokalsiy fosfat (MCP) va dikalsiy fosfat (DCP) işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça qöşma loyihani işlab çiqiş töğrisida bitim imzoladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA