Hokim xususiy öquv markazlari rahbarlari va yoşlar bilan uçraşdi
Bugun bilim va intellektual salohiyat mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan eng muhim omillardan biriga aylandi. Jahon mehnat bozorida munosib örin egallaş, zamonaviy kasblarni özlaştiriş va xalqaro miqyosda raqobatbardoş böliş esa, avvalo, sifatli taʼlim hamda xorijiy tillarni puxta bilişni talab etmoqda. Şu maʼnoda, yoşlarning bilim olişi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş, taʼlim tadbirkorligini rivojlantiriş va xususiy öquv markazlarining salohiyatidan samarali foydalaniş dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning xususiy öquv markazlari rahbarlari va yoşlar bilan uçraşuvi ham aynan şu maqsadlarga qaratildi.
Unda tegişli viloyat boşqarmalari va taşkilotlar rahbarlari, “Kömak” dasturi doirasida qöllab-quvvatlangan, “2+6” loyihasida iştirok etayotgan hamda samarali natijalarga erişayotgan öquv markazlari rahbarlari, şuningdek, taʼlim tadbirkorligiga qiziqiş bildirgan yoşlar qatnaşdi.
Uçraşuv avvalida taşkil etilgan körgazmada viloyatdagi xususiy öquv markazlarining faoliyati, taʼlim jarayoniga joriy etilayotgan zamonaviy yondaşuvlar, öquvçilarning yutuqlari va erişilgan natijalar namoyiş etildi. Bu esa xususiy taʼlim muassasalari nafaqat qöşimça bilim beriş, balki yoşlarning kelgusi taʼlim va kasbiy faoliyati uçun mustahkam zamin yaratişda ham muhim örin tutayotganini körsatdi.
Muloqotda taʼkidlanganidek, bugungi kunda viloyatda 594 ta umumtaʼlim maktabi, 38 ta texnikum, 10 ta oliy taʼlim muassasasi hamda 1 600 dan ortiq xususiy öquv markazi faoliyat yuritmoqda. Bu raqamlar taʼlim xizmatlari bozorining kölami va imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolat beradi. Eng muhimi, taʼlim muassasalari örtasidagi soğlom raqobat öqitiş sifati, pedagoglar mahorati va öquvçilarning bilim darajasiga ijobiy taʼsir körsatişi kerak.
Viloyat rahbari taʼlimga kiritilgan sarmoya eng işonçli investitsiya ekanini taʼkidlab, Buxoroning boy ilmiy-maʼrifiy merosini zamonaviy bilim va texnologiyalar bilan uyğunlaştiriş, malakali ustozlar salohiyatidan samarali foydalaniş zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Şuningdek, yoşlarning IELTS, TOEFL, CEFR kabi xalqaro sertifikatlarni qölga kiritişi uçun munosib şaroit yaratiş, ularni jahon taʼlim maydonida raqobatlaşa oladigan darajada tayyorlaş muhimligi qayd etildi. Bunda Buxoro yoşlarini Garvard, Oksford, Kembrij, MIT, Stenford kabi dunyoning yetakçi universitetlarida tahsil olayotgan talabalar safida köriş maqsad qilingani alohida taʼkidlandi. Bu maqsadning amaliy ifodasi sifatida uçraşuvda öziga xos rağbatlantiriş taşabbusi ham eʼlon qilindi. Unga köra, agar viloyatdagi biror xususiy öquv markazi kamida uç nafar öquvçisini dunyoning TOP-10 taligiga kiruvçi universitetlarga öqişga kiritsa, uşbu markaz rahbari viloyat hokimligi tomonidan BYD Chazor avtomobili bilan taqdirlanadi.
Mazkur taşabbusning ahamiyati şundaki, unda öquv markazlari faoliyatini baholaşda faqat öquvçilar soni yoki kurslar kölami emas, balki aniq taʼlim natijasi, yaʼni xalqaro miqyosda tan olingan universitetlarga kiriş körsatkiçi asosiy mezon sifatida ilgari surilmoqda. Bu esa taʼlim sifati uçun masʼuliyatni oşiriş, ustozlar va markazlar örtasida natijaga yönaltirilgan raqobatni kuçaytirişga xizmat qilişi mumkin.
Uçraşuvda Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği Şavkat Rahmonov ham öquv markazlari bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan işlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimot ötkazdi. Unda yoşlarni xorijiy tillarga öqitişni qöllab-quvvatlaş borasida erişilgan natijalar, hamkorlikning yangi yönalişlari, istiqbolli loyihalar va ularni amalga oşiriş mexanizmlari haqida maʼlumot berildi.
Şu örinda Prezidentning yoşlarni xorijiy tillarga öqitiş tizimini takomillaştiriş, xususiy öquv markazlarini qöllab-quvvatlaş va taʼlim xizmatlari sifatini oşirişga qaratilgan taşabbuslari muhim ahamiyatga ega.
Xususan, Prezidentning qarorida xususiy öquv markazlarini rivojlantiriş, ular faoliyatidagi muammolarni örganiş, reytingini şakllantiriş va yuqori natijalarga erişganlarni rağbatlantiriş vazifalari belgilangan. Şuningdek, yoşlarning xorijiy tillarni örganiş xarajatlarini “2+62 mexanizmi asosida qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çoralar ham uşbu yönalişdagi imkoniyatlarni kengaytirmoqda.
[gallery-32743]
Uçraşuvning “Muvaffaqiyat tarixi” rukni ostidagi qismida esa namunali natijalarga erişayotgan öquv markazlari rahbarlarining çiqişlari tinglandi. Ular öz tajribasi, taʼlim jarayonida qöllayotgan samarali metodlari, öquvçilarning xalqaro sertifikatlarni qölga kiritişi va nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirişi uçun olib borayotgan işlari bilan örtoqlaşdi.
Bunday tajribalarni ommalaştiriş, ilğor metodikalarni boşqa markazlarga ham tatbiq etiş va özaro hamkorlikni kuçaytiriş sohaning umumiy rivojiga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Oçiq muloqotda xususiy öquv markazlari faoliyatida uçrayotgan muammolar ham eʼtibordan çetda qolmadi. Soha tadbirkorlari mavjud tösiqlar, ularni bartaraf etiş yöllari va faoliyatni yanada rivojlantirişga doir takliflarini bevosita viloyat hokimiga yetkazdilar. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegişli boşqarma va taşkilot rahbarlariga masʼuliyat doirasida iş olib boriş, muammolar yeçimi böyiça aniq çora-tadbirlar belgilaş vazifalari yuklatildi.
Uçraşuvning eʼtiborli jihati şundaki, unda taʼlim sohasini rivojlantiriş faqat davlat taʼlim muassasalari zimmasidagi vazifa emasligi, xususiy sektor ham bu jarayonning muhim iştirokçisi ekani yana bir bor namoyon böldi. Zero, davlat va xususiy taʼlim muassasalari örtasidagi samarali hamkorlik qançalik kuçaysa, yoşlar uçun bilim oliş imkoniyatlari ham şunçalik kengayadi.
Eng muhimi, bugungi maqsad faqat xorijiy tilni biladigan yoşlarni emas, balki xalqaro darajada fikrlaydigan, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olib, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşa oladigan avlodni tarbiyalaşdir.
Zero, Buxoroning ertangi taraqqiyoti bugun taʼlim olayotgan yoşlarning bilimi, salohiyati va intilişi bilan çambarças boğliq. Ular uçun yaratilayotgan har bir imkoniyat esa kelajakka kiritilayotgan sarmoyadir.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), ÖzA muxbirlari