Noyob quşni pullamoqçi bölgan şaxs uşlandi
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar jarayonida nodir turdagi jonzotlarni asrab-avaylaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi — ekopolitsiya tezkor guruhi va içki işlar organlari xodimlari navbatdagi muhim reyd-nazorat tadbiri uyuştirişdi.
Maʼlum bölişiça, Namangan şahrining Yangi asr mahallasida yaşovçi fuqaro K. B. loçinlar oilasiga mansub bitta yirtqiç quşni 160 AQŞ dollariga savdolaşayotgan paytda qölga olindi. Qolaversa, yaşaş hovlisida yana bir yovvoyi turini boqayotgani aniqlandi.

Namangan davlat universitetining ilmiy kengaşi xulosasiga asosan, mazkur fauna vakillari Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan itolği ("Falco çerrug") va qarçiğay ("Accipiter gentilis") ekanligi tasdiqlandi. Şu tariqa, bu yovvoyi yirtqiç parrandalar Töraqörğon tumanidagi maxsus pitomnikka topşirildi.

Natijada, qonunbuzar şaxs jami 1 milliard 300 million sömdan ziyod miqdorda zarar tölaşi hisoblandi. Holat yuzasidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirildi. Hozirda töplangan materiallar, barça aşyoviy dalillar prokuratura organiga jönatildi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri