Navoiy viloyatida yaroqlilik muddati o‘tgan va sifatsiz dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Karmana tumani bo‘limi, DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqarolar M.N. va M.A. ning xonadonida umumiy bahosi 176,1 million so‘mlik 37 turdagi 3 441 qadoqdagi yaroqlilik muddati o‘tgan va sifatsiz dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlandi. Dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri