Navoiy IESda 650 MVtli yangi quvvat barpo etilmoqda
FOTOREPORTAJ
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”da quvvati 650 MVt bo‘lgan uchinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilayotgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 786,7 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida qurilayotgan zamonaviy energetika ob’ektining yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 4 milliard 786 million kilovatt-soatga teng bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilgach, yiliga qariyb 870 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
[gallery-30039]
Ayni paytda qurilish maydonida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirishda Yaponiya va Turkiya kompaniyalari mutaxassislari bilan bir qatorda mahalliy kadrlar ham ishtirok etmoqda.
Qurilish-montaj ishlarini joriy yil yakuniga qadar yakunlab, qurilmani foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA