Namanganda yoshlarning tashabbuslari muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Ahmad Suvonqulov ishtirokida “Namangan suv ta’minoti” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sohada malakali kadrlarni tayyorlash masalalari xususida so‘z yuritildi.
[gallery-30551]
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdi. Ayrim murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi, bildirilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh yoshlar “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA