Mustaqillikning 35 yilligi – ichki ishlar organlaridagi 35 muhim islohot
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xalq osoyishtaligini ta’minlovchi muhim tuzilmagan aylandi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga oid islohotlar amalga oshirildi. Ana shu islohotlardan 35 tasi bilan quyida tanishasiz:
1.Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish: sohaga oid 51 qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
2.Idoraviy hujjatlarni reviziya qilish: amaliy ahamiyatini yo‘qotgan va bir-birini takrorlovchi 370 buyruq to‘liq bekor qilindi.
3. “Bir sohaviy xizmat – bir hujjat” tamoyili: tizimlashtirish ishlari doirasida 25 yangi buyruq va 42 qo‘shma qaror qabul qilindi.
4.Yuqori xalqaro va mahalliy baholanish: “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiga ko‘ra, IIV davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi bo‘yicha eng namunali organlardan biri sifatida e’tirof etildi.
5.Tashkiliy departament modernizatsiyasi: Departamentning yangi zamonaviy tuzilmasi joriy etilib, faoliyati yagona integratsiyalashgan platforma asosida to‘liq raqamlashtirildi.
6. Mustaqil ijro nazorati bo‘limi: Bevosita vazirga bo‘ysunuvchi, mustaqil maqomga ega ijro nazorati bo‘limi tashkil etildi.
7.Situatsion markazlar tarmog‘i: Respublika miqyosida kuch-vositalarni onlayn nazorat qiluvchi Yagona situatsion markaz hamda hududiy markazlar ishga tushirilib, 100 mingdan ziyod kameralar integratsiya qilindi.
8.KPI asosida baholash tizimi: Ichki ishlar organlarida “Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv” kuchaytirilib, rahbarlarning har bir faoliyati KPI asosida baholanishi yo‘lga qo‘yildi.
9.Mahalla huquq-tartibot maskanlari: Respublika bo‘yicha tuman-shahar ichki ishlar boshqarmalari tarkibida 106 mahalla maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
10.Mahalladagi jinoyatchilikni ilmiy tadqiq qilish markazi: Kriminologiya tadqiqot instituti tarkibida qaror qabul qilishda ilmiy yondashuvni ta’minlovchi markaz tashkil etildi.
11. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish: “Qo‘qon tajribasi”, “Chilonzor tajribasi” hamda tergov muddatlarini qisqartirishga qaratilgan “Surxondaryo tajribasi” amaliyotga keng joriy etildi.
12. Maktablarda xavfsizlik muhiti: Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun 2 ming nafar inspektor-psixologlar va profilaktika inspektorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
13. Raqamli texnologiyalar departamenti: Axborot texnologiyalari va huquqiy statistika bosh markazi negizida yangi departament tashkil etilib, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘linmasi ochildi.
14. “Xavfsiz shahar” platformasi: 46 mingdan ortiq videokuzatuv kameralari va 35 dan ortiq vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari yagona tizimga birlashtirildi.
15. Xizmatlarning raqamlashuvi: vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan jami xizmatlarning 95 foizi raqamli shaklga o‘tkazildi.
16.“Mening inspektorim” mobil ilovasi: 6 milliondan ortiq aholiga ichki ishlar xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli muloqot qilish imkoniyati yaratildi.
17.Kiberxavfsizlik departamenti va tizimlari: IIV kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda vakolatli organ etib belgilanib, sun’iy intellektga asoslangan “Turon”, “Kard blok” va “Sayber-shild” kabi dasturiy tizimlar ishga tushirildi.
18. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmasi: Tezkor qidiruv departamenti tarkibida xalqaro tezkor-qidiruv bo‘limi hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish xizmati tashkil etildi.
19.“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi: Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli ravishda tezkor-profilaktik oyliklari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
20.Giyohvandlikka qarshi kurash va Call-markaz: Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘limi hamda tunu-kun ishlaydigan “Call-markaz” tashkil etildi.
21.Tungi xizmat va maxsus guruhlar: Toshkent shahrida tungi xizmatni tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) guruhlari va alohida safarbarlik otryadi tashkil etildi.
22.Jarima ballari tizimi: YPX inspektorlari hamda foto-video qurilmalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballarini hisoblash tartibi joriy etildi.
23.Avtomatik aniqlash va Face-ID qurilmalari: Haydovchilik huquqi bo‘lmagan shaxslarni va piyodalarga yo‘l bermagan transport vositalarini Face-ID orqali avtomatik qayd etish tizimlari ishga tushirildi.
24.Mast haydovchilarga qarshi onlayn nazorat: Mast haydovchilarni aniqlash bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilib, 1 ming 346 zamonaviy alkotester qurilmalari onlayn nazoratga olindi.
25.Migratsiya va personallashtirish departamenti: Personallashtirish agentligi IIV tarkibiga o‘tkazilib, chet eldagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlovchi “Yagona migratsiya” axborot tizimi ishga tushirildi.
26. “Aqlli migratsiya shoxobchalari”: Fuqarolarga propiska, pasportizatsiya va migratsiya xizmatlarini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish orqali olish imkonini beruvchi shoxobchalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
27.Qo‘riqlash xizmatini to‘liq raqamlashtirish: Qo‘riqlash departamenti IIV tarkibiga o‘tkazilib, shartnoma va jarayonlar to‘liq elektron shaklga (“E-Qo‘riqlash”, “E-THG”) o‘tkazildi.
28.Shtatlarning optimallashuvi va komplayens xizmati: Davlat byudjeti hisobidan qo‘shimcha 2 ming 965 shtat birligi ajratilib, tizimda ochiqlikni ta’minlash uchun Komplayens xizmati tashkil etildi.
29.Ta’lim va akademiya islohotlari: IIV Akademiyasida Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti ochilib, masofaviy va dual ta’lim shakllari joriy qilindi.
30.Kadrlarni qabul qilish mexanizmlarining soddalashuvi: Nomzodlarni yashash joyi bo‘yicha ishga qabul qilish va tor ixtisoslik mutaxassislarini imtihonsiz qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
31.Jangovar tayyorgarlik va “E-Nishon” raqamli tizimi: Xodimlarning jangovar shayligi oshirilib, amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari natijalarini avtomatik baholovchi “E-Nishon” tizimi joriy etildi.
32.Sportni ommalashtirish: Xodimlarning haftada ikki kun sport bilan shug‘ullanishi belgilandi, shuningdek, voleybol klublari va MMA sport bazalari tashkil etildi.
33.Ijara kompensatsiyalarining oshirilishi: Toshkent shahrida ijarada yashovchi xodimlar uchun ijara kompensatsiyasi miqdori sezilarli darajada (4,7 million so‘mgacha) oshirildi.
34.Kuchaytirilgan ijtimoiy kafolatlar: Tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq to‘lash, ko‘p yil xizmat qilgan profilaktika inspektorlarini 100 foizlik pensiya ta’minoti bilan chiqarish va foizsiz qarz berish mexanizmi yaratildi.
35.Moddiy-texnik bazani tubdan mustahkamlash: Hududiy organlarga yuzlab yangi avtotransport vositalari, minglab kompyuter va planshetlar tarqatilib, yangi ma’muriy binolar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ta’minlandi.
O‘zA muxbiri
Norgul Abduraimova
tayyorladi.