Musobaqa yakunlandi
Poytaxtimizdagi 14-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Toshkent shahar ochiq birinchiligida 80 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi va Gimnastika federatsiyasi Toshkent shahar filiali tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni nufuzli musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlab borishga xizmat qiladi.
Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘pkurash bahslarida Humoyun Islomov, Vladimir Gostyuxin, Artyom Melnikov, Nurmuhammad Oqbo‘tayev, Vladimir Lyapin o‘z yosh toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida Irina Raxmetova, Sofiya Ro‘ziyeva, Milana Akopova, Roksana Sharipova, Darya Karavayevaning iste’dodu mahorati hakamlar tomonidan yuqori baholandi.