Musobaqa yakunlandi
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent kuzi” turniri yakunlandi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent kuzi” turniri yakunlandi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuz ellik nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ikki guruhga bo‘lingan holda kuch sinashdi.
Shveytsariya usulida to‘qqiz turdan iborat bo‘lgan musobaqada bosh sovrin uchun kurash so‘nggi partiyagacha davom etdi. “A” guruhida Odil Rahmon, Elbek Jumanov, Bobir Sattorov o‘tkazilgan to‘qqiz turda yetti ochkodan jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga Odil Rahmon birinchi, Elbek Jumanov ikkinchi va Bobir Sattorov uchinchi o‘rinni egalladi.
“B” guruhidagi bahslarda qashqadaryolik Umar Isomov to‘qqiz tur davomida Aleksandr Pak, Sarvar Toshxonov, Laylo Chorshanbiyeva, Sitora Saparova, Selbi Kakisheva, Bobur Eshboyev, Rahmon Sulaymonov, Xayriddin Murodovni mag‘lubiyatga uchratdi. Mehriddin Yo‘ldoshev bilan durang natija qayd etgan shaxmatchi jami 8.5 ochko jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ushbu guruhda sirdaryolik Bobur Eshboyev ikkinchi, toshkentlik Asadbek Egamberdiyev uchinchi o‘ringa loyiq topildi.