Muhammad Rixsimov Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi
Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlaridagi oltin medallarimiz soni yana bittaga ko‘paydi.
Para yengil atletikaning yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan vakilimiz Muhammad Rixsimov 14.52 metr natija bilan musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 17 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA