Mixaylo Mudrik 2,5 million yevro yo‘qotdi
2024-yilda Mudrik doping qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi.
«Chelsi» hujumchisi Mixaylo Mudrik 2023-yilda imzolagan shartnoma sabab 2,5 million yevro yo‘qotdi. Bu holat futbolchining doping bilan bog‘liq muammolaridan avval yuzaga kelgan kelishuv bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mudrik JJDS Management Limited kompaniyasiga reklama va tijoriy suratga olish ishlari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlarni o‘z vaqtida to‘lamagan.
Natijada sud qarori bilan futbolchining 2,5 million yevro mablag‘i muzlatib qo‘yilgan. Endilikda u ushbu summani qaytarishi kerak bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, bu mablag‘ futbolchiga «Chelsi» tomonidan to‘lanayotgan maosh va boshqa to‘lovlar hisobidan undirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Mixaylo Mudrik doping qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi.