«Barselona» Rodrini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda
Qayd etilishicha, Frenki de Yongning jarohati «Barselona»ning Rodriga bo‘lgan qiziqishiga sabab bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi.
«Barselona» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri jurnalist Oriol Domenek ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchini tayanch yarim himoyasi pozitsiyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Frenki de Yongning jarohati «Barselona»ning Rodriga bo‘lgan qiziqishiga sabab bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi.
Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Hozircha tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erishmagan.
Ushbu vaziyatdan bir nechta top klublar, jumladan Madridning «Real» klubi ham foydalanishga harakat qilmoqda.