Matteus: «Musiala uchun endi bahonalar qolmadi»
Musiala o‘tgan mavsum oxirida «Bavariya» safida yaxshi o‘yinlar namoyish etdi, jahon chempionatida ham umid baxsh etadigan lahzalar bo‘ldi.
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus «Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musialaning jarohatlardan keyingi holati haqida fikr bildirdi.
Avvalroq myunxenlik futbolchining chap oyog‘iga og‘ir jarohatdan so‘ng o‘rnatilgan metall plastina olib tashlangani ma’lum bo‘lgandi. Ushbu plastina futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida olgan jarohatidan keyin suyakni mahkamlash uchun qo‘yilgan edi.
«Endi hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. Musiala bir yildan ortiq vaqt oldin olgan og‘ir jarohatining oqibatlarini ortda qoldirishi kerak. Endi u bu mavzuni butunlay yopishi lozim.
Bu juda muhim. Aks holda, tarkibdagi kuchli raqobat sabab ko‘plab uchrashuvlarni zaxira o‘rindig‘ida boshlashiga to‘g‘ri keladi.
Serj Gnabri va Xarri Keyn birgalikda juda yaxshi o‘ynayotganini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, bilamizki, Olise va Karl ham “o‘nlik” pozitsiyasida harakat qila oladi. Vensan Kompani tarkibda muvozanatni topa oladi.
Musiala o‘tgan mavsum oxirida «Bavariya» safida yaxshi o‘yinlar namoyish etdi, jahon chempionatida ham umid baxsh etadigan lahzalar bo‘ldi. Ammo endi bahonalar qolmadi», — dedi Matteus.