Milliy tarixşunoslik va ilmiy maktabimiz salohiyati namoyiş etildi
Ilm-fan çegara bilmaydi. Xalqaro ilmiy muloqot, tajriba almaşinuvi va akademik hamkorlik esa yoş tadqiqotçilar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Ayniqsa, özbek olimlarining nufuzli xalqaro dasturlarda iştirok etib, milliy tarixşunoslik va ilmiy maktabimiz salohiyatini namoyon etayotgani alohida eʼtiborga loyiq.
Xitoyda «Xitoy tarixi va xalqaro munosabatlar yönalişida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar uçun qisqa muddatli xalqaro almaşinuv dasturi» doirasida FA Tarix instituti tayanç doktoranti Nodira Izzatova ilmiy taqdimot bilan iştirok etdi.
Taqdimot davomida tadqiqotçi Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida olib borilayotgan xitoyşunoslik tadqiqotlari, mazkur ilmiy yönalişni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida atrofliça maʼlumot berdi.

Şuningdek, institut direktori, akademik Azamat Ziyoning yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratayotgan eʼtibori, qadimgi xitoy tilini örganişning ilmiy ahamiyati hamda Özbekiston va Xitoy örtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ilmiy tajriba almaşinuvini kengaytiriş masalalariga alohida töxtalib ötdi.
Dastur doirasida Nankin universiteti huzuridagi Etnik guruhlar va çegara hududlari tadqiqot markazi vakillari bilan ham uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuv iştirokçilari markaz faoliyati bilan tanişib, uning arxiv fondlari va tarixiy manbalarini örganiş imkoniyatiga ega böldi.

Mazkur xalqaro dasturda iştirok etiş yoş olimlar uçun nafaqat yangi ilmiy bilim va tajriba orttiriş, balki xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantiriş, Özbekiston tarixşunosligida xitoyşunoslik yönalişining ilmiy salohiyatini namoyon etiş uçun ham muhim imkoniyatdir.
N.Usmonova,
ÖzA