Köksaroy maydonida Vatan madhi yangradi
Samarqand şahridagi Köksaroy maydonida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida nişonlandi.
Bir paytlar bu yerda Sohibqiron Amir Temurning qarorgohi qad rostlagan. Bugun ana şu tarixiy maydon uzra mustaqil Özbekiston bayroği hilpiramoqda.
Bayram tantanasi Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari bilan boşlandi. Maydonga davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, yoşlar jam böldi.
Samarqand viloyati hokimi örinbosari Husan Töxtayev, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farmon Toşev va boşqalar davlat bayroğining yaratiliş tarixi, xalqaro maydonda mamlakatimiz mustaqilligining timsoli sifatida tutgan örni haqida söz yuritdi. Davlat ramzlariga ehtirom yoşlar qalbida milliy iftixor va Vatanga sadoqat tuyğularini mustahkamlaşi taʼkidlandi.
[gallery-32594]
Tantananing badiiy qismida şoirlar Vatanni madh etuvçi şeʼrlar öqidi. Sanʼatkorlar ijrosidagi qöşiqlar maydonga bayramona ruh bağişladi.
Alişer ISROILOV (surat), ÖzA