«Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori Farğona ahlini birlaştirdi
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi Farğona viloyatida ham keng nişonlanmoqda.
Farğona şahrida «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida ötkazilgan tantanali tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, harbiy xizmatçilar, sportçi yoşlar hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Tadbir doirasida iştirokçilar harbiy orkestr jörligida ulkan davlat bayroğini Alişer Navoiy köçasi böylab Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigaça olib bordi.
Şahar ahli va mehmonlar yurişni kötarinki kayfiyat, faxr va iftixor bilan kuzatdi. Tantanali tadbir davlat bayroğiga ehtirom, Vatanga muhabbat va xalqimiz hamjihatligining ifodasi böldi.
[gallery-32593]
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA