“Navbahor” gaz töldiriş şoxobçasi xalq xizmatida
Navbahor tumanida joylaşgan “Navbahor” gaz töldiriş şoxobçasi mazkur hudud va Qiziltepa, Karmana, Konimex tumanlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilişida xizmat körsatadi.
Gaz töldiriş şoxobçasining kunlik suyultirilgan gaz qabul qiliş quvvati 45 tonnaga teng. Şoxobçada aholining suyultirilgan gazga bölgan doimiy ehtiyoji hisobga olingan holda yozning jazirama, qişning sovuq kunlarida ham qizğin iş jarayoni davom etadi. Bu yerdan kuniga 18,5 tonnagaça suyultirilgan gaz maişiy gaz ballonlarda maxsus transport vositalari bilan isteʼmolçilar xonadoniga yetkazib beriladi.

Iş jarayonida maişiy gaz ballonlar avval, oğir qoldiqdan tozalanib, keyin esa belgilangan miqdorda suyultirilgan gaz bilan töldiriladi. Gaz töldiriş şoxobçasida mehnat qilayotgan işçilar uçun ham barça şaroitlar yaratilgan.

Ayni kunlarda gaz töldiriş şoxobçasiga viloyat IIB Qöriqlaş xizmati xodimlari ham biriktirilgan bölib, ular tomonidan doimiy tarzda nazorat va xavfsizlikni taʼminlaş işlari olib borilmoqda. Maişiy gaz ballon yuklangan maxsus transportlar Qöriqlaş xizmati xodimlari nazorati ostida aholi xonadonlariga yetkazilişi yölga qöyilgan. Şu bilan birga şoxobçada hamkorlikda 24/7 rejimida iş faoliyati taşkil etilgan. Bu esa aholiga belgilangan vaqtda maişiy gaz ballon yetib borişi, qulaylik va nazorat taʼminlanişiga xizmat qilmoqda.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri