Milliy ğurur va birlik timsoli
Buxoro davlat pedagogika instituti taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligiga bağişlangan vatanparvarlik yurişi ötkazildi. Iştirokçilar Buxoro şahridagi Ark qörğonidan Poyi Kalon majmuasigaça bölgan yölni bosib ötdi.
Tadbirda institut talabalari, professor-öqituvçilari hamda şaharda mehmon bölib turgan sayyohlar iştirok etdi. Qöllarida davlat bayroğini tutgan iştirokçilar Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va tarixiy merosimizga ehtiromini namoyon etdi.
Qadimiy obidalar fonida hilpiragan bayroqlar yurişga özgaça şukuh bağişladi. Tadbir xalqimiz birligi, tinçlik va mustaqillikni qadrlaş, yurt kelajagiga daxldorlik tuyğularining ifodasi böldi.
[gallery-32586]
Mazkur taşabbus yoşlar qalbida milliy ğurur va iftixorni yuksaltiriş, davlat ramzlariga hurmatni mustahkamlaş hamda Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosini tarğib etişga xizmat qildi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA