Davlat boşqaruvida strategik rejalaştiriş vositalaridan samarali foydalaniladi
Davlat boşqaruvi tizimiga ilğor xalqaro tajribalar va zamonaviy andragogik yondaşuvlarni joriy etişga eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi hamda xalqaro hamkorlar bilan birgalikda maxsus malaka oşiriş kursi boşlandi.
Akademiyaning ilmiy işlar va xalqaro aloqalar böyiça prorektori Raima Şirinovaning aytişiça, dastur doirasida iştirokçilarning strategik rejalaştiriş vositalaridan amaliy foydalaniş, tahliliy yondaşuvlarni qöllaş hamda bilimlarni samarali yetkaziş böyiça professional kompetensiyalari rivojlantiriladi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Özbekistondagi «Samarali boşqaruv» dasturi maslahatçisi Jasmina Popin hamda Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari Abdulla Abduqodirov öquv dasturining mazmuni va ustuvor yönalişlari bilan taniştirdi.

Nazariya va amaliyot uyğunligida taşkil etilgan beş kunlik intensiv maşğulotlar strategik rejalaştiriş, vaziyatni tahlil qiliş, maqsad va ustuvor yönalişlarni belgilaş, SWOT va PESTLE tahlil vositalari, samaradorlik körsatkiçlarini (KPI) işlab çiqiş, byudjetlaştiriş, monitoring va natijalarni baholaş masalalarini qamrab oladi.
Dastur iştirokçilari respublikaning yetakçi oliy taʼlim muassasalari, Akademiyaning hududiy filiallari va tarkibiy bölinmalaridan saralab olingan.
Maşğulotlarga GIZning xalqaro va milliy ekspertlari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) mutaxassisi, Agentlik vakillari hamda Akademiya professor-öqituvçilari jalb etilgan.
Kurs yakunida yuqori natijalarga erişgan tinglovçilar Akademiya va Agentlik hamkorligida taşkil etiladigan maxsus öquv kurslariga trener sifatida jalb etiladi.
Uşbu taşabbus strategik rejalaştiriş sohasida bilimlar transferini kengaytiriş hamda davlat boşqaruvida natijadorlikni boşqariş kompetensiyalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
ÖzA