Millatlararo totuvlik va bağrikenglik ezgu qadriyatdir
Millatlararo totuvlik, özaro hurmat va bağrikenglik jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining muhim şartlaridan biridir. Bu borada milliy madaniy markazlar turli millat va elat vakillarini umumiy maqsadlar atrofida birlaştiriş, ularning tili, madaniyati va anʼanalarini asrab-avaylaşda muhim örin tutadi.
Toşkent viloyati nafaqat yirik sanoat va agrar hudud, balki turli millat va elat vakillari ahil, hamjihat yaşab kelayotgan maskan hamdir. Bu yerda turli madaniyatlar, urf-odatlar va anʼanalar özaro uyğunlaşib, bağrikenglik va döstlik muhitining mustahkam qaror topişiga xizmat qilmoqda.
Viloyatda istiqomat qilayotgan aholining bir milliondan ziyodi boşqa millat vakillaridir. Jumladan, 354 ming nafardan ziyod qozoq, 178 ming tojik, 130 ming rus, 65 ming koreys, 34 ming tatar, 19 ming qirğiz, 9 ming ukrain, 5 ming 800 ozarbayjon, 4 ming qoraqalpoq, 3 ming turkman hamda 65 ming nafardan ortiq boşqa millat vakillari istiqomat qiladi.

Bugungi kunda hududda qozoq, tojik, koreys, rus, tatar, qirğiz va boşqa millatlar vakillarini birlaştirgan 31 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Ularning 9 tasi viloyat bölinmasi, 22 tasi esa tuman va şahar bölimlari hisoblanadi.
Nurafşon şahridagi NNT va Döstlik uyida tojik, qozoq, qirğiz, turkman, ozarbayjon, koreys, uyğur va rus milliy madaniy markazlarining viloyat bölimlari uçun alohida xonalar ajratilgan. Bu yerda turli millatlarning madaniyati va milliy qadriyatlarini namoyon etuvçi muzey ham taşkil qilingan. Şuningdek, Nemis milliy madaniy markazi Toşkent tumanida, Tatar milliy madaniy markazi Yangiyöl tumanida, “Suğdiyona” tojik milliy madaniy markazi esa Çirçiq şahrida faoliyat olib bormoqda.
Mazkur markazlarning asosiy vazifasi milliy til, urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylaş bilangina çeklanmaydi. Ular turli millat vakillari örtasida döstlik aloqalarini rivojlantiriş, yoşlarda boşqa xalqlarning madaniyati va qadriyatlariga hurmat tuyğusini şakllantirişga ham munosib hissa qöşmoqda.

Viloyatda milliy madaniy markazlar hamkorligida ötkaziladigan “Döstlik navolari” festivali turli millat vakillarini bir sahnada jamlaydigan muhim madaniy tadbirlardan biriga aylangan. Xususan, Çirçiq va Olmaliq şaharlarida ötkazilgan sönggi festivallarda qozoq xalqining dömbirasi, koreyslarning arang raqsi va özbek karnay-surnaylari sadolari özaro uyğunlaşib, xalqlar örtasidagi döstlik va hamjihatlikni namoyon etdi.
Ohangaron va Yangiyöl tumanlarida taşkil etilgan “Döstlik oşxonasi” va milliy liboslar körgazmalari ham turli xalqlarning madaniy merosi, milliy taomlari va anʼanalarini keng tarğib etişga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlar orqali iştirokçilar nafaqat öz milliy qadriyatlarini namoyiş etadi, balki boşqa xalqlarning urf-odatlari bilan ham yaqindan tanişadi.
Milliy madaniy markazlar vakillari Navröz, Xalqlar döstligi kuni, Mustaqillik bayrami kabi umumxalq bayramlarida ham faol iştirok etadi. Şu bilan birga, har bir xalqning öziga xos milliy bayramlari ham muntazam nişonlanadi. Jumladan, tatarlarning “Sabantöy”, ruslarning “Maslenitsa”, koreyslarning “Çxusok” va qozoq xalqining “Amal” bayramlari şular jumlasidandir.
Millatlararo hamjihatlikni mustahkamlaşda taʼlim-tarbiya va maʼrifiy tadbirlarning ham ahamiyati katta. Viloyatdagi taʼlim muassasalarida tojik, qirğiz va tatar milliy madaniy markazlari vakillari iştirokida “Özbekiston — umumiy uyimiz” mavzusida mahorat darslari va uçraşuvlar ötkazib kelinmoqda. Bundan taşqari, hududda turli tillarda taʼlim oliş imkoniyatlari ham yaratilgan. Toşkent viloyatidagi 875 ta umumtaʼlim maktabining 161 tasida rus, 28 tasida tojik, 118 tasida qozoq, 5 tasida esa qirğiz tilida taʼlim beriş yölga qöyilgan. Bu imkoniyatlar yoş avlodning ona tili va milliy madaniyatini örganişi, şu bilan birga, turli millat vakillari örtasida özaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Milliy madaniy markazlar faoliyatining yana bir muhim jihati şundaki, ular yoşlarni vatanparvarlik, bağrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga hissa qöşmoqda. Öz milliy tili, adabiyoti va sanʼatini asrab-avaylaş bilan bir qatorda, davlat tili — özbek tilini örganiş va unga hurmat bilan munosabatda böliş ham bu jarayonning muhim tarkibiy qismidir.
Zero, milliy xilma-xillikni asraş va rivojlantiriş, turli madaniyatlar örtasidagi muloqotni kengaytiriş jamiyatda özaro işonç va hamjihatlikni mustahkamlaydi.
Şoira Axunjonova,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş
markazi Toşkent viloyati hududiy bölinmasi
yetakçi mutaxassisi,
ÖzA