Milana Maslenkova Germaniyada porlamoqda
Germaniyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan W15 tasnifiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Milana Maslenkova juftlik va yakkalik bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Milana musobaqaning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Polina Leykina bilan tandem hosil qilib, ilk bosqichda mezbon tennischilar Annemari Lazar va Leoni Shuknextni 4:6, 6:4, 10:7 hisobida taslim etdi va chorak finalga chiqdi. Endi Milana va Polina yarim final ostonasida boshqa bir germaniyalik tennischilar dueti – Laura Maser hamda Joli Anjelika Abendrot juftligiga qarshi raqobatlashadi.
Darvoqe, bugun 10-iyun kuni mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda Milana Maslenkova yakkalik bahslari asosiy to‘rining birinchi bosqichida mezbon tennischi Fabiyenne Gettvart bilan o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA